Kalamush bombalar, mushuklar armiyasi, muz kemalar: Aqlbovar qilmas qurollar 10 taligi

  • 12:43 / 14.01.2020
  • 3052

Xayolingizga keltirishingiz qiyin bo‘lgan qurollarning 10 tasi bilan tanishtiramiz. Ba’zilar prototiplaridan deyarli ilgarilamagan, ba’zilari tarixda ham, bugungi kunda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

1.  Kalamush bombalari Ikkinchi Jahon urushida Britaniya razvedka xizmati foydalangan yashirin qurol. Portlovchi uskuna tiqilgan kalamush jasadini fabrika, zavod va poyezdlarning qozonxonalariga tashlashardi. Kalamushni topgan ishchilar uni olovga tashlashlari kerak, bu esa qozonning portlashiga olib keladi. Loyiha amalga oshirilmagan, lekin jiddiy ko‘rib chiqilgan.

2.  Tanklarga qarshi itlarni Ikkinchi Jahon urushi paytida sovet qo‘shinlari tomonidan Germaniyaga qarshi ishlatishgan. Itlar tanklar ostiga kirishi uchun maxsus o‘qitilgan, shundan so‘ng ularga portlovchi moddalar biriktirishgan va jangga yuborishgan. Achinarli, ammo juda samarali usul.

3.  Muz kemalar – Ikkinchi Jahon urushining qog‘ozda qolib ketgan yana bir loyihasi. Ittifoqchi kuchlarga samolyot tashuvchilar shunchalik yetishmas ediki, qipiq va muz aralashmasi bo‘lgan paykeritdan kemalar qurish taklifi jiddiy ko‘rib chiqildi.

4.  “Ko‘mir bomba” AQShdagi fuqarolar urushi paytida Konfederatsiya agentlari tomonidan ishlatilgan. Ichida portlovchi modda bo‘lgan ko‘mir parchasi ko‘mir xaltalarga solinib, shimolliklarning kemalariga tashlangan. Ko‘mir olovga tashlanganida kuchli portlash sodir bo‘lardi.

5.  Havo aviatashuvchilari (avianosets) – har doim “havoda uchib yuradigan” g‘oyalardan biridir. Ulardan o‘tgan asrda tanker samolyotlari paydo bo‘lishidan oldin birmuncha muvaffaqiyatli foydalanishgan, biroq ular haqida hozir ham gap-so‘zlar yuribdi. Ehtimol bir necha o‘n yil ichida yangi namunalarini ko‘rarmiz.

6.  Vespa 150 TAP – “to‘pli motoroller” o‘z vaqtida tasavvur qilganingizdan ham muvaffaqiyatli ish bajargan. Konsepsiya Birinchi Jahon urushi paytida ishlab chiqilgan, ammo birinchi modellar fransuz havo kuchlari uchun faqat 1956-yildagina yaratilgan. 

7.  Mushuklar armiyasi – tasavvur qilish qiyin bo‘lgan qurol. Shunga qaramay, u qadimgi forslar tomonidan Misr bilan bo‘lgan urushlarning birida ishlatilgan. Misrliklarning mushuklar oldida ojizligini bilib, fors qo‘shinlari jang maydoniga minglab mo‘ynali jonivorlarni qo‘yib yuborishadi. Jang bir zumda to‘xtab qoladi.

8.  Aqlni nazorat qilish qurollari bir necha yil oldin e’lon qilingan Rossiyaning 2020-yilgacha qurollanish dasturida eslatib o‘tilgan edi. Bu yangilik darhol “Putin dunyo bo‘ylab odamlarni zombiga aylantiradigan to‘pni rivojlantirmoqda” kabi sarlavhalar bilan dunyo ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgandi.

9.  Nutqni bostirish pistoleti – yaponiyalik ixtirochi tomonidan yaratilgan hazilomuz qurol. U bir zumda inson nutqini yozib oladi va bir soniya kechikish bilan takrorlaydi. Bunday o‘ziga xos “aks-sado”ni eshitgach, suhbatni davom ettirish deyarli ilojsiz.

10.  Ayni paytda AQSh harbiylari uchun o‘zi mo‘ljalga boradigan o‘qlar ishlab chiqilmoqda, ammo loyihaning qaysi bosqichida ekani noma’lum. Taxmin qilinishicha, bunday qurol askarlarga har qanday to‘siqqa qaramay nishonga olish imkonini beradi.