Kam yeb, koʻp yasha

  • 16:38 / 09.08.2019
  • 1502

Har bir inson uzoq va baxtli yashashni xohlaydi. Lekin hammada ham buni amalga oshira olmaydi. Mazkur maqolada uzoq yashash sirlari va inson haqidagi ayrim qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etiladi.

Uzoq umr ko‘rishning siri nimada? Qanday qilib uzoq va kasal boʻlmasdan yashash mumkin? 100 yildan koʻproq vaqt davomida yashagan bir kishi, jurnalistning savoliga, bunga qanday erishganligi haqida javob berdi:

— Men umr davomiyligining haqiqiy sababini bilmayman, menimcha, buning siri juda oddiy: men hech qachon ortiqcha ovqatlanmaganman. Doim me’yorini bilganman. Ko‘p yegandan ko‘ra, kamroq yeyishga harakat qilganman.

Ayniqsa bayramlarda toʻyib, ortiqcha ovqatlanish oqibatida oʻzimizni judayam noqulay his etamiz. Bu albatta oʻtib ketadi, deyishingiz mumkin. Biroq oshqozonni doimiy ortiqcha ovqat bilan toʻldirish uni tezda ishdan chiqaradi. Bu orqali nafaqat oshqozoningiz, balki boshqa aʼzolarni ham qiynab qoʻygan boʻlasiz.

Tibbiyot fanlari doktori, shifokor-diyetolog Aleksandr Miller bu borada oʻz xulosalari bilan o‘rtoqlashdi:

Birinchidan, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanmagan ayol va erkaklar kuniga 2000 va 2500 kilokaloriya iste’mol qilganlari ma’qul. Shuningdek, oziq-ovqat ham turli xil boʻlishi kerak.

Ikkinchidan esa, bu kaloriyalar cheklangan parhez deb ataladi. Inson organizmi talab qilgan kaloriyani rasman 30-40 foizidan kamrogʻini iste’mol qilishi mumkin. Ya’ni, bir kunda erkak kishi 1750 kkal, ayollar esa 1400 kkal. Foydali oziq-ovqat inson hayotini sezilarli darajada uzaytiradi.

Kaloriya iste’molini uzoq vaqt cheklagan odamlarda olimlar tomonidan quyidagi holatlarni aniqlangan:

ateroskleroz xavfi sezilarli darajada kamaygan, xolesterin, lipidlar va ushbu kasallik bilan bogʻliq barcha boshqa koʻrsatkichlar pasaygan va yurak tomirlarining holati 40 foizga yaxshilangan;

yurak va qon tomirlarini tartibga soluvchi genlar mukammal tartibga kelgan. Yurak yaxshi qisqara boshlagan, qon bosimi ham normal darajaga tushgan. Ekspertlar bunday yurak o‘zining real yoshidan 15 yilga yosharishi mumkinligini isbotlashdi.