Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishga oid yangi qaror qabul qilindi

  • 16:12 / 06.04.2021
  • 69

Endilikda O‘zbekistonda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin. Bu borada Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. 

 Shuningdek, qarorga muvofiq:
–  jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va bandlikni rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratilayotgan fuqarolarning biometrik avtorizasiya hamda GPS-trekking tizimlari joriy etiladi;
–  mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish maqsadida autsorsing shartlarida psixologik mutaxassislar jalb etiladi.

Shuningdek, 2021-yil 1-mayga qadar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va abkm.mehnat.uz tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markaz tashkil etiladi.