Kanada Afg'onistondan 40 ming qochqinni qabul qiladi

  • 14:12 / 13.10.2021
  • 88

Kanada hukumati Afg‘onistondan 40 ming qochqinni qabul qilmoqchi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudo Twitter’da ma’lum qildi. 

“Kanada 40 ming afg‘on qochqinini qabul qiladi va biz boshqa davlatlarni ham bu harakatda faollashtirishga chaqiramiz”, – dedi Tryudo.
Avvalroq, Kanadaning immigratsiya va fuqarolik masalalari bo‘yicha vaziri Marko Mendichino mamlakat 20 mingta afg‘on qochqinini qabul qilishini aytgan.

Shuningdek, Ottava nafaqat Afg‘onistondagi missiya vaqtida kanadalik harbiylarga yordam ko‘rsatgan afg‘onlar va ularning oila a’zolarini, balki insonparvarlik dasturlariga mos keladigan boshqa afg‘onlarni ham qabul qilishga tayyor.