Kanadada noma’lum shaxs kutubxonadagi odamlarga hujum qildi

  • 09:50 / 28.03.2021
  • 206

Kanadaning Shimoliy Vankuver shahridagi kutubxonada notanish kishi odamlarga pichoq bilan hujum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida bir kishi halok bo‘ldi va olti kishi jarohat oldi. 

Mahalliy politsiya hujum uyushtirgan shaxsni hibsga olgan. Uning harakatlari sababi o‘rganilmoqda. Guvohlar ham so‘roq qilinmoqda.