Karambyo stadionlarda irqchilikka qarshi kurash usulini taklif qildi

  • 09:51 / 13.06.2020
  • 345

Fransiya terma jamoasi va “Real”ning sobiq vakili Kristian Karambyo irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha o‘z usulini taklif qildi. 49 yoshli fransiyalik sobiq futbolchi bu borada qattiq harakat qilishi kerakligi tarafdori.
“Stadionlarda irqchilik bilan qanday kurashish kerak? Klublar muxlislari bilan gaplashib olishi kerak, ularga o‘rgatishi kerak. Agarda ular bunga ko‘nmasa, klubni ikkinchi yoki uchinchi divizionga tushirib yuborish kerak. Shunda muxlislar ikki marta o‘ylashni boshlaydi” degan Karambyo BeFoot’ga bergan intervyusida.