Karantin davrida elektr energiyasi hisoblagichlari davriy qiyoslovdan o‘tkazilmaydi

  • 13:11 / 06.04.2020
  • 211

6-apreldan e’tiboran “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasi hisoblagichlarini davriy qiyoslovdan o‘tkazish to‘xtatiladi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik holat yaxshilangunga qadar elektr hisoblagichlar davriy qiyoslovdan o‘tkazilmaydi.