Karantin: Gollandiya bosh vaziri onasining dafn marosimiga bormadi

  • 09:22 / 26.05.2020
  • 147

Gollandiya bosh vaziri Mark Rutte mamlakatdagi karantin cheklovlari sabab onasining so‘nggi kunlarida yonida bo‘lolmadi, deya xabar beradi The Guardian.
 
Rutte haqidagi yangiliklar Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ota-onasining uyiga borish uchun mamlakatdagi sayohat cheklovlarini buzganligi to‘g‘risidagi siyosiy tortishuvlar jarayonida paydo bo‘ldi.
 
Qayd etilishicha, bosh vazir 25-may kuni 96 yoshli onasi Mieke Rutte-Dillingning 13-may kuni Gaagadagi uyida vafot etganini ma’lum qilgan. 

“Bosh vazir barcha ko‘rsatmalarga bo‘ysundi”, dedi Ruttening vakili AFPga bergan intervyusida.
 
Ruttening onasi yashaydigan uyda koronavirus avj olganiga qaramay, u COVID-19’dan vafot etmagan, deya xabar beradi Gollandiya ommaviy axborot vositalari.