Kartoshkani qishda qanday saqlash kerak?

  • 13:43 / 12.12.2015
  • 32079

Boshqa ko‘plab sabzavotlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, ular orasida kartoshka yaxshiroq saqlanadi. Agar saqlashning to‘g‘ri usullaridan foydalansangiz, yaxshi kartoshka sizni “uyaltirib qo‘ymaydi” va bir necha oy davomida saqlanishi mumkin. Sabzavot supermarketdan sotib olinganmi yoki uni mustaqil ravishda yetishtirganligingiz muhim ahamiyatga ega. Keling, hammasi haqida bir boshidan suhbatlashamiz.

Kartoshkani qishda saqlash

Kartoshkani saralab oling. Agar ko‘p kartoshka sotib olgan yoki o‘zingiz yetishtirgan bo‘lsangiz, ishni ularni saralab olishdan boshlang. Belkurak yordamida zarar yetkazilgan yoki terisi bo‘lmagan, aynigan kartoshkalarni tashlab yuboring. Bunday sabzavotlar tez aynaydi va chirishni boshlaydi. Agar ular boshqa yaxshi kartoshkalar bilan qolib ketsa, qolganlariga ham chirishni yuqtiradi. 

Ajratib olgan, biroz o‘zgargan kartoshkalarni birinchi bo‘lib yeb yuboring. Undan ovqat tayyorlashdan oldin chirigan joyi va ko‘rimsiz dog‘larni to‘liq olib tashlang. Yaxshi, sog‘lom kartoshkani esa qorong‘i va quruq joyda saqlang. Saqlash joyiga yorug‘lik va namlik tushmasligi juda muhim. Bu ikki narsa chirishni keltirib chiqaradi. Yerto‘la va o‘ralar saqlash uchun yaxshi joy hisoblanadi.

Bundan tashqari, saqlash joyida havo yaxshi aylanishi lozim. E'tibor qiling, kartoshka ko‘p hollarda to‘r xaltalarda sotiladi, bu esa havoning yaxshi aylanishiga yordam beradi. Kartoshkani germetik idishga solmang.

Kartoshkani to‘qilgan savatcha yoki havo yaxshi aylanadigan qutilarga solib ko‘ring, kartoshka uchun maxsus idishlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kartoshkaning har bir qavatiga gazeta varag‘ini joylashtiring, bu ular orasida havoning aylanishiga yordam beradi. 

Endi esa haroratni salqinlatish qoldi. Kartoshka 10 ° S dan past haroratda saqlanadi. Maksimal darajada saqlash uchun harorat esa 2 dan 4 ° S gacha, yerto‘la, o‘ra kabi qorong‘u va salqin joy bo‘lishi kerak.

Diqqat qiling, kartoshkani muzlatgichda saqlash salbiy fikr, chunki u yer mazkur sabzavot uchun juda sovuq, bunday sovuq esa ta'm va sabzavotning o‘ziga zarar yetkazadi.

Kartoshkani vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirib turing, agar uning orasida ayniganlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, tezda ajratib oling. Agar yomon kartoshka bir necha hafta davomida yaxshilari bilan qoldirilsa, ularga ham zarar yetkazishi shubhasiz. Maqolaning boshida aytilganidek, kartoshka bir necha oy saqlanadi, biroq profilaktika uchun uni har 3-4 haftada ko‘zdan kechirib turish kerak. Bunday oqilona odat sizni havotirliklardan xalos etadi.

Yomon kartoshkani davolash mumkin

Yomon bo‘lib qolgan kartoshkangiz ko‘p bo‘lsa, hafa bo‘lmang. Agar mazkur sabzavot uzoq “yashashi”ni istasangiz, quyidagi usulni qo‘llab ko‘ring: aynigan joy (yiring, dog‘)larni kesib tashlang, ularni sog‘lom kartoshkalardan alohida joyga, gazetaga o‘rab, harorati 10-15 ° S (saqlash uchun normal haroratdan yuqoriroq) bo‘lgan qorong‘u va salqin burchakka qo‘ying. Ikki haftadan so‘ng, muammoli joylarda yangi teri yuzaga kelishi, terisi qalinlashishi kerak.

Siz kartoshkani qanday qilib saqlaysiz? Bu haqda bizga yozing va maslahatlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Teglar