Kasb tanlashda bolaga zarar yetkazmaslik uchun 7 maslahat

  • 11:23 / 14.02.2020
  • 416

Maktab bitiruvchilari uchun universitet tanlash – juda hayajonli. Buning ustiga yana davlat imtihonlariga tayyorgarlik, bitirish arafasidagi o‘ziga xos muhim tadbirlar qo‘shilishini ham ayting. Farzandining kelajagi borasida qayg‘urayotgan ota-onalar esa ko‘p hollarda o‘z maslahatlari bilan bolaga yordam berish o‘rniga xalaqit berishadi. Xo‘sh, bolaga qanday qilib to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mumkin? 
 
1. Bolani shaxs ekanligini unutmang    
Ota-onalar kasb tanlash oldida turgan farzandlari timsolida o‘z orzularini amalga oshirishni istashadi.  Muammo yana shundaki, farzand garchi o‘smir bo‘lsa-da, fikrlashlari bolalarcha bo‘ladi. Ota-onalar esa buni unchalik ham qabul qila olishmaydi. Ular farzandidan yanada aqlliroq, yanada intiluvchanroq bo‘lishlarini kutishadi. Agar shunday bo‘lmasa (bu – me’yor!), kattalar asabiylashib, jarayonni boshqarishga intilishadi. Ota-onalar bola – bu boshqa shaxs ekanligini va uning o‘z fikrlari borligini tushunishlari kerak. O‘z nuqtai-nazaring bilan qarab, bolani nimani o‘ylab, nimani his qilayotganini tushunib bo‘lmaydi.  

 2. Bola bilan hamkorlardek muomala qiling   
Ota-onalar o‘smir farzandlari bilan ishonchli munosabatlarni shakllantirganlari va uni saqlab qolganlari ma’qul. Sababi: birinchidan, unga endi qayerga borish va nima qilishni tushuntirish shart emas, ikkinchidan, uni o‘z holiga tashlab qo‘yib ham bo‘lmaydi. Biz bu borada “Bolam baribir menga quloq solmaydi, nima desam ham, hech narsa qilmaydi”, deb farzandi bilan mutlaqo gaplashmay qo‘ygan ota-onalarning  nolishlarini tez-tez eshitib qolamiz. Axir ota-ona ham bola ham bir masala ustida – kasb tanlash borasida bosh qotiryaptiku. Bu borada jiddiy o‘ylash kerak.

3. Baho – ko‘rsatkich emas. Sifatga e’tibor bering 
Maktabning ta’siri – bu boshqa masala. O‘ylab qaralsa, baho o‘qituvchining shaxsiy qarashi. “A’lo” – bu bolaga bu fan yoqadi, degani emas. “Uch” ham bola bu fanni tushunmaydi, degani emas. Eng muhimi bola nima bilan astoydil shug‘ullanishini bilishi lozim. Ayrim bolalar harakatchan bo‘lishadi, ayrimlari o‘tirib ishlashni xushlashadi. Ulardan “Senga nima yoqadi?”, deb so‘rayvermasdan, qanday musiqalarni eshitadi, qanaqa kitoblarni o‘qiydi va nima uchun, kuzatib, bilib olish lozim. Hech narsa bilan qiziqmaydigan bolaning o‘zi bo‘lmaydi. Ayrimlari matematikaga oid masalalarni yechishni shunaqangi yaxshi ko‘rishadi-ki, fizikaga kelganda bujmayib olishadi. Aslida esa, bu ikkala fan ham bir xil fikrlashni talab qiladi.   
 
4. Farzandingizni test sinoviga olib boring  
Qanday kasb tanlashing lozimligini oldindan bashorat qiladigan birorta uslub yo‘q. Biz LifeWriter’da bolaning shaxsiy fazilatlarini o‘zlari qiziqqan kasb bilan bog‘lash yo‘lini topdik. Buning uchun biz yirik korporatsiyalarda xodimlarini baholash uchun ishlab chiqqan savolnomamizdan foydalanamiz. Bu savollarni o‘smirning hayotiy tajribasiga moslab qisman o‘zgartirganmiz. Savolnoma bolaning xarakteriga qaysi kasb yo‘nalishi mos kelishini, qaysilari esa o‘z-o‘zini namoyon qila olishiga xalaqit berishini ko‘rsatadi. Ko‘p ota-onalar test natijalari o‘smirlarga aniq kasbni tanlay olishlariga, kattalarga esa farzandlari bilan yaqin, ishonchli munosabat o‘rnatishlariga yordam beradi, deyishadi.

Test sinovidan keyin biz bola bilan o‘z o‘ziga qanday baho beradi, nimalar uni ruhlantiradi, nimalarga intiladi, orzulari borasida suhbatlashamiz. Undan keyin farzandining kelajagidan xavotir olayotgan ota-onalar bilan ularni tinchlantirish maqsadida yuzma-yuz gaplashamiz. Bundan tashqari, uslubimiz qay darajada ishlayotganini bilish maqsadida ota-onalar bilan tez-tez anjumanlar o‘tkazib turamiz.

5. Fakultetni tanlash uning butun hayotini belgilamaydi  
Aksar ota-onalar bolalarning kelajakda o‘zini-o‘zi ta’minlashi qayerga o‘qishga kirishiga bog‘liq, deb o‘ylaydi. Ammo, har qanday kasbda ham muvaffaqiyatsizlik bo‘lishi mumkin-ku. Dunyo tez va tanib bo‘lmas darajada o‘zgarmoqda. Har besh yilda qayta o‘qishga, kasbni o‘zgartirishga tayyor bo‘lmoq kerak. Bilimni qabul qilishda moslashuvchan bo‘lish juda muhimdir. 90-yillarda hamma buxgalter va yurist kasblari eng mashhur kasb bo‘ladi, deb hisoblar edi. Bugunga kelib muvaffaqiyat qozongan nechta buxgalterni bilasiz?

6. Tanaffus qilmang
Afsuski, o‘rta maktabni tugatgandan keyin oliy o‘quv yurtiga kirishga hujjat topshirish uchun bir yil tanaffus qilish yaxshi natija bermaydi. Maktabni tugatish arafasida davlat imtihonlarini topshirgan o‘smir baribir o‘zini o‘sha yilning o‘zidayoq oliy o‘quv yurtiga qabul testlarida sinab ko‘rgani ma’qul. Hamma qayergadir hujjat topshiradi, kiradi, kirmaydi. U esa – yo‘q. Bu o‘smirning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. 
 
7. Agar qayerga hujjat topshirishni bilmasangiz, fundamental fanlarni tanlang  
Testlar insonda miya faol ishlayotgan paytda o‘zini ilm olishga bag‘ishlashni istasa funtamental fanlarni tanlagani afzalligini ko‘rsatadi.
 
Kursning dasturiga e’tibor bering – agar asosiy fanlari yaxshi bo‘lsa bu hali aniq fikrga kela olmaganlar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Dastlabki kursni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin kelgusi yilda boshqa OTMga ko‘chirish yoki kasbni o‘zgartirsa bo‘ladi.