Kayabuki no-Sato qishlog‘idagi favvoralar

  • 14:43 / 20.05.2019
  • 373

Kayabuki no-Sato denb nomlanuvchi kichik yapon qishloqchasi o‘rmon massivlari orasida joylashgan. U yerga ko‘plab sayyohlar tashrif buyurishadi. Yaponiyada sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lgan joylar talaygina. Biroq poytaxtdan uzoqda joylashgan mazkur go‘sha nimasi bilan kishini o‘ziga jalb etadi?

Kayabuki no-Sato qishlog‘idagi uylarni XVII asrning boshlarida qurishni boshlaganlar. Bugun ularning soni 50 ta. Ulardan 40 tasi shakarqamishli tomlar bilan qoplangan. Nomi ham ana shundan kelib chiqqan. Kayabuki no-Sato «Shakarqamishli tomlar qishlog‘i» ma’nosini anglatadi.

Bu yerdagi uylar  avvalgi ko‘rinishini saqlagan. 1993 yilda ushbu yorqin qishloq milliy yapon arxitekturasi qo‘riqxonasi deya tan olingan.

Qishloq ochiq osmon ostidagi muzeyga aylangan, u yerga kunchiqar mamlakatning tarixiy va madaniy an’analari bilan tanishishni istagan minglab sayyohlar tashrif buyuradilar. Biroq qiziquvchan kishilarni faqat qadimiy inshootlar arxitekturasi jalb etadimi?

Yog‘och uylar atrofida aylanayotgan odamlar xavf keltiradi: olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish inshootlarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘rmon yong‘inlari xavfi ham mavjud – axir qishloq atrofi quyuq o‘rmonlar bilan qoplangan. 2000 yilda qishloq yaqinda joylashgan daraxtlar yonishi sababli xatar ostida qoldi.

Bu kabi vaziyatlarning oldini olish maqsadida yong‘inni o‘chirishning himoya tizimi ishlab chiqilgan. Jami hududda ellikdan ortiq sepgichlar o‘rnatilgan. Ular har qanday qishloqning ajralmas qismi sanalgan quduq shakli ostida yashiringan.

Suv purkagichlar yong‘inga qarshi uzatgichlar ishga tushib, ogoh etuvchi sirena yoqilganida suv purkashni boshlaydi. Ana shunda quduqlar butun qishloqni sug‘oruvchi kuchli suv favvoralariga aylanadi.

Aynan shu favvorali harakat ko‘plab sayyohlarni jalb etadi. Chunki so‘nggi vaqtlarda yong‘in uchun uchun sabablar bo‘lmagan. Tizim yiliga ikki marta tekshiriladi.

Sirena tovushi eshitilishi bilan soyabonni olish yoki boshpana ostiga berkinish kerak bo‘ladi. Aks holda turli tomondan kuchli bosim ostida quyiladigan suv tomchilari ostida qolasiz.

Teglar