Kecha O‘zbekistonda koronavirusdan 4 nafar bemor vafot etdi

  • 10:23 / 19.09.2021
  • 128

2021-yil 18-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168437 (+579) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallikdan sog‘ayganlar jami 162055 (+780) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. Shu jumladan, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1188 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 18-sentabr kuni 109 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26177 nafarga yetdi. Kecha ularning 478 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 22314 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 214 nafarga yetdi.

Quyidagi jadvalda koronavirus qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlarini viloyatlar kesimida ko‘rishingiz mumkin.