Kechasi tunchiroqni yoqib uxlamang

  • 15:03 / 07.11.2019
  • 957

Foto: LJUBAPHOTO / GETTY IMAGES

Tunggi uyqu vaqtida xira bo‘lsa ham yorug‘lik tushib turishi ateroskleroz kasalligi xavfini kuchaytirar ekan.  Ma’lumki, ateroskleroz inson arteriyalarida lipidlar almashinuvi buzilishi va tomirlar ichida xolesterin cho‘kmalari hosil bo‘lishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallikdir. Qattiq uyqu paytidagi yorug‘lik organizmda kechadigan ayrim holatlarni buzadi va bu o‘z navbatida endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
 
Yapon olimlari ateroskleroz va tunggi yorug‘lik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazishdi.  Tadqiqotda yoshi 70 dan oshgan 989 kishi ishtirok etdi.  Ishtirokchilar dastlab, arteriyalar holatini o‘rganuvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Keyin ikki kecha davomida yotoqxonalarida chiroq yoqib qo‘yildi. Har kun arteriyalar holati tahlil qilib borildi. Olingan xulosalar uyqu paytidagi yorug‘likning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq ekanligini, olimlar to‘g‘ri taxmin qilganliklarini ko‘rsatdi. Shuningdek, tajriba odamning yoshiga, semirishi, chekishi, qon bosimi balandligi, diabeti borligiga qaramasdan ham uyqu paytida yoqib qo‘yiladigan chiroq natijasida ateroskleroz rivojlanishini  tasdiqladi, deya xabar beradi vokrugsveta.ru.