Keksalar va egasiz hayvonlar haqida qayg‘uradigan qariyalar uyi

  • 13:30 / 21.11.2016
  • 6791

Arizonadagi hayvonlar uyining birida katta oqimli mushuklar tufayli muammo yuzaga keldi. Rahbariyat noodatiy qarorga keldi va aqli zaif hamda Alsgeymer kasalligidan aziyat chekuvchi qariyalar uyidan yordam so‘radi. Kun davomida o‘zi yordamga va qarovga muhtoj bo‘lgan keksalar mittigina mushukchalar uchun enagaga aylanishdi. Bu esa har ikki tomon uchun ham foydaga xizmat qildi.

Dasturni qariyalar uyining tibbiy xizmat bo‘linmasi direktori Rebekka Xemilton o‘ylab topdi. U ishdan bo‘sh vaqtida ixtiyoriy ravishda hayvonlar uyiga borib, mushuklarni parvarishlaydi. U ko‘ngilli sifatida uy hayvonlari bilan shug‘ullanish insonga katta shodlik ulashishini tushunib yetdi va bu tuyg‘uni qariyalar uyi a'zolariga o‘rtoqlashdi.

Arizonadagi tashlandiq hayvonlar uyida xodimlar kamligi tufayli muammo yuzaga kelganida ular qariyalar uyidan yordam so‘rashdi.

Balki bu mittigina mushuklarni o‘zi parvarishga muhtoj bo‘lgan keksalar qo‘liga topshirish g‘alati tuyular.

«Biroq insonda Alsgeymer yoki aqli zaiflik kasalligi bo‘lishiga qaramay, uni bir umr tark etmaydigan ko‘nikma, his-tuyg‘u va ehtiyojlar paydo bo‘ladi», — deydi markaz shifokori Sheron Merser.

«Muhabbat ulashish va qayta olish istagi qoladi».

Tashabbus muvaffaqiyatli o‘tdi: mushkuchalar va qariyalarning umumiy holati ahamiyatli tarzda yaxshilandi.

 

«Mushukchalar qariyalar uyida bu kasalliklardan aziyat chekayotgan barcha a'zolarimizga xastalikni yengillashtirish uchun imkon berdi».

 

Yordam muhtoj bo‘lgan jajjigina mushukchalarlarni ovqatlantirib, erkalayotgan keksalarning quvonchi cheksiz. Mushuklar ham bundan minnatdor.

Teglar