Kelajakda farzandlaringizga badavlat bo‘lishda yordam beradigan tarbiyaning 6 siri

  • 15:06 / 03.07.2019
  • 1259

G‘amxo‘r ota-onalar farzandlari muvaffaqiyatli, baxtli va badavlat bo‘lib ulg‘ayishlarini orzu qiladilar. Buning uchun bolaga tongdan kechga qadar o‘qish, dam olish kunlari esa uni shaharning barcha to‘garaklariga olib borish shart emas. Bolalikdanoq farzandga to‘g‘ri moliyaviy hamda hayotiy odatlarni singdirish muhimroq.

AdMe.ru bolaga moliyaviy jihatdan savodli va mustaqil bo‘lib ulg‘ayishda yordam beradigan oddiy, biroq samarali maslahatlarni tanladi.

Bolani mas'uliyatli etib tarbiyalang

Foto: AdMe

Bolani har bir aybi uchun urishish o‘rniga vaziyatni to‘g‘rilashni uning o‘ziga qo‘yib bering. Agar bola likopchani sindirib qo‘ygan bo‘lsa, uning qo‘liga supurgini tutqazing, polga bo‘yoqlarni surtib tashladimi – qo‘liga mato bering. Birinchidan, ana shunda buyumlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tushuntirasiz. Ikkinchidan, bolani mas'uliyatlilikka o‘rgatasiz.

O‘z harakatlari uchun mas'uliyatli bo‘lish esa muvaffaqiyatning muhim tarkibiy qismi.

Bolani pul jamg‘arishga o‘rgating

Foto: AdMe

Kattalar ta'til, mashina xarid qilish yoki institutda o‘qish uchun pul jamg‘argani kabi bola ham o‘z ehtiyojlari uchun pul yig‘ishni o‘rganishi kerak. Har bir maqsad uchun alohida idishni belgilang. Masalan, bu qimmatbaho o‘yinchoq yoki yangi velosiped xarid qilish bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa bolani bir onli istaklarga berilmay, pulni sanash va to‘g‘ri sarflashga o‘rgatasiz.

Bolani moliyaviy masalalarga jalb eting

Foto: AdMe

Albatta, bola xonadon xarid qilish yoki kreditni so‘ndirishga yordam bermaydi. Do‘kondagi kichik xaridlar yoki dam olish kuni uchun hordiqni tanlashni u bilan muhokama qiling. Xaridning narxi, uning zaruriyati va boshqa muqobil variantlar haqida suhbatlashing.

Bolani oilaviy budjetni rejalashtirishga jalb etish ham muhim: oilaning kirimi va pullar nimaga sarflanayotganini bilsin. Ana shunda oiladagi pullar cheksiz emasligi va yo‘q joydan paydo bo‘lmasligini ko‘rsating. Tejashni va kelajakda to‘g‘ri taqsimlashni o‘rgating.

Bolaga salbiy fikrlarni singdirmang

Foto: AdMe

Ko‘pincha ota-onalardan «sen juda dangasasan» yoki «faqat ko‘cha supuruvchi bo‘lasan» qabilidagi gaplarni eshitish mumkin. Ana shunday «maqtovlardan» keyin o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsiz va komplekslarga to‘la bo‘lib ulg‘ayishiga hayron bo‘lish kerakmikan?

«Pul yo‘q», «halol mehnat bilan pul ishlab topolmaysan», «barcha badavlat kishilar - o‘g‘rilar» va hokazo qabilidagi fikrlar ikkinchi o‘rinni egallaydi. Oldindan buning ilojsiz ekanini bilsa, bola badavlat bo‘lishga harakat qiladimi? Javob kundek ravshan.

Bolani maqtang va uning ijobiy jihatlari va iste'dodiga urg‘u bering. Muvaffaqiyatli kishilar va ularning hayotiy yo‘llari haqida hikoya qiling. Bolaga agar u qat'iyat bilan o‘z maqsadlari sari borsa, ularga erishishini ko‘rsatib, rag‘bat bering.

Bolani to‘g‘ri tarzda maqtang

Foto: AdMe

Bolani nafaqat yutuqlari, balki mehnati uchun ham maqtang. Masalan, nazorat ishi uchun olgan yaxshi bahosi o‘rniga unga qat'iyat bilan tayyorlanganini maqtang. Musobaqada yutgani uchun emas, undan avval ko‘plab mashq qilgani uchun maqtang.

Ana o‘shanda bolaga mehnat va intilishning o‘zi hurmatga loyiq ekanini tushunishda yordam berasiz. Bu esa kelajak uchun muhim hissa. Axir hayotda ochiq-oydin natija uchun uzoq ishlash talab etilgan vaziyatlar bo‘ladi.

Bolaga mustaqil bo‘lish uchun ruxsat bering

Foto: AdMe

Juda ko‘p g‘amxo‘rlikka o‘rgangan bola o‘z-o‘ziga ishonchsizlik hissi bilan ulg‘ayadi. Axir unga hatto ahamiyatsiz ishlarda ham yordamga muhtoj bo‘lishi va  biror narsani o‘zi amalga oshira olmasligini doimiy ravishda ko‘rsatasiz. Giper g‘amxo‘rlik bilan bolani ilk qiyinchiliklarda ortga chekinmay, yangi narsalarni sinab ko‘rishdan mahrum qilasiz.

Ayrim hollarda ota-onalar bolalarning mustaqil harakatlarini to‘g‘ri baholashmaydi. Bor-yo‘g‘i qoidani eslab qoling: bola o‘zi bajara oladigan ishlarni ularning o‘rniga amalga oshirmang.

Bolani baxtli va muvaffaqiyatli katta odam qilib tarbiyalash borasida biror fikrga egamisiz? Izohlarda biz bilan o‘rtoqlashing!

Teglar