Kelajakning g‘aroyib gadjetlari

  • 10:55 / 25.03.2019
  • 6933

Olimlar har yili aql bovar qilmas kashfiyotlarni amalga oshiradilar. Ular buni insonlar hayotini maksimal darajada yengillashtirish maqsadida qilishadi. Keling, texnik tafakkurning ana shu yangiliklari bilan tanishamiz.

Bugun  shunday skanerlar borki, ular kassaga o‘rnatiladi, mahsulotni mustaqil qayd etadi. Shunday qilib, kassada ishlash uchun xodim endi shart emas.

Kopengagenning ayrim supermarketlarida jonivorlar uchun vaqtinchalik uylarni ko‘rish mumkin. U yerda hayvonlar xo‘jayinining do‘kondan chiqishini kutib o‘tirishadi. Ichkarida hatto havo sovutkich ham o‘rnatilgan.

Mana bu tugmalar yordamida kiyimni kiyib ko‘rish xonasidagi yorug‘lik turini o‘zgartirish mumkin. Bu odamga kiyim kunduz kuni va kechasi qanday ko‘rinishda bo‘lishini bilish imkonini beradi.

Smartfon va internetga tobe odamlar uchun olimlar shaxsiy svetoforlarni yaratishgan. «Gadjetga juda tobe» odamlar ko‘pincha boshlarini ko‘tarishmaydi va yaqinlashib kelayotgan avtomobilni ko‘rmaydilar. Yo‘lkaga aynan ular uchun svetofor o‘rnatilgan.

Divandan quvvat oladigan oyoq kiyimini ko‘rganmisiz?

Universitetlardan birida zaruriy barcha narsalarni xarid qilish mumkin bo‘lgan avtomat o‘rnatilgan. Mamlakatimizda shokolad va gazli suv avtomatlari mashhur.

Bu bilakuzuk esa Alsgeymer kasalligidan aziyat chekkan bemorlar uchun. Maxsus kod yordamida uning egasi va hatto qarindoshlari haqida ham barcha ma'lumotlarni olish mumkin. Shunday ekan, odam yo‘qolib qolmaydi.

Teglar