Kenguru Dandi – kengurularning xaloskori

  • 10:58 / 09.05.2016
  • 9761

Siz timsoh Dandi haqida eshitgansiz va filmini ham ko‘rgansiz. Kenguru Dandi haqidachi? Kris Barns (Chris Barns) Kenguru Dandi deb nomlanuvchi Avstraliya haqidagi filmning yulduzi hisoblanadi. Shu bilan birga Kris halok bo‘lgan onasining xaltasida  qolgan 10 dan ortiq kichkina kengurularning xaloskoridir.   

1. Hayvonlar ishqibozi Kris Barns yana Brolga, ya'ni “Avstraliya laylagi” taxallusi bilan ham mashhur. O‘z taxallusini u tasodifan emas, balki g‘arbiy Avstraliyadagi qushlarni asrab qolish bilan shug‘ullangan vaqtida olgan edi. Hozirda esa u avtomobil ostida qolib, halok bo‘lgan kenguru bolalari uchun qo‘riqxona yaratish bilan mashg‘uldir.

Agar siz bunaqa kenguru bolalari kam deb o‘ylasangiz adashasiz. Aslida ko‘plab kengurular avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib halok bo‘lishadi.

2. Odatda Kris halok bo‘lgan kenguru  xaltasida  qolgan jajji kenguruchalarni yo‘l chetidan topgan. 

3. «Bir kuni gid bo‘lib ishlayotgan vaqtimda yo‘lda yotgan kenguruni ko‘rib qoldim. Shunda men tekshirib ko‘rish uchun avtobusdan tushdim.»

4. «Bu shishib  ketgan va chirishni boshlagan urg‘ochi kenguru ekan. Uning o‘lganiga bir necha kun bo‘lgan bo‘lsada, ammo uning xaltasidagi  bolasi  hali ham tirik edi.»

5. «Men uni kenguru xaltasidan oldim va Palau deb nomladim. Keyin uni boqdim va davoladim. Bir yildan keyin esa uni yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordim.»

6. Bu Kris Barnsning birinchi qutqaruv tajribasi edi. Shundan keyin u qo‘riqxona ochishga qaror qildi. «Juda ko‘plab odamlar mashina urib yuborgan kengurular oldidan ularning xaltasida tirik bolalari borligiga shubha qilmasdan ham o‘tib ketishadi.»

7. Kris jajji kengurular uchun qutqaruv markazi ochdi, ammo,  vaqt o‘tib u joy torayib  uni kengaytirish zaruriyati paydo bo‘ldi.  

8. Biroq, u bir necha joyda  ishlasa ham bunga qurbi yetmas edi. Shunda unga amakisi qoldirgan meros katta yordam berdi.

9. Hozirda Kris Barns qo‘riqxona maydonini kengaytirish va kichkina kengurularga g‘amxo‘rlik qilishni davom ettirmoqda. Uning hizmatlari hatto VVS kanalida “Kenguru Dandi” nomli maxsus yaratilgan ko‘rsatuv orqali ham e'tirof etilgan.

10. Hozirgi kunda Krisning qo‘riqxonasi 90 akr maydondan iborat. Bu maydonda butazorlar, har xil yoshdagi kengurular va boshqa hayvonlar uchun qurilgan 30 ta uy joylashgan. 

11. «Buni hamma ham qilishi mumkin», — deydi Kris.

12. U jajji kengurularda yovvoyi tabiat hissini uyg‘otish uchun butazorlarga va o‘simliklarga teginmaslikka harakat qiladi.

13. Kris kenguru bolalari sovqotmasliklari, o‘zlarini behavotir his qilishlari va u qayerga borsa ham u bilan har doim birga bo‘lishlari uchun ko‘rpa va yostiq jildlaridan maxsus qop yasagan.  

14. Kengurular katta bo‘lib mustaqil hayotga tayyor bo‘lishi bilan Kris ularni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboradi.

15. Qo‘riqxona 2005 yilda ochilgan bo‘lib, shu kungacha 200 dan ortiq kengurularni yashab qolishiga yordam berdi.

16. Jajji kengurular yosh bolalar singari doimiy parvarishga muhtojdir.

17. Krisning keyingi maqsadi G‘arbiy Avstraliyaning yovvoyi hayvonlari uchun qo‘riqxona maydonida birinchi shifoxonani ochishdan iborat. 

 

 

18. 2014 yilda Kenguru Dandining xizmatlari va hayvonlarga nisbatan mehri tufayli Avstraliyada “Yil odami” degan nom berildi.