Keraksizlik hissi bilan qanday kurashish mumkin?

  • 10:43 / 20.04.2019
  • 2170

Tadqiqotlar keraksizlik hissi miyaning jismoniy og‘riq uchun javob beradigan sohasiga ta'sir qilishini aniqladi. Bu juda o‘tkir va murakkab bo‘lib, ayrim hollarda kuchli jismoniy noqulaylikka aylanadi. Odam o‘z tanasida o‘zini o‘z uyida emasdek his etadi.

Paydo bo‘lish sababi

Bu holatni boshdan o‘tkazgan odamlar ularda ko‘pincha qochib ketish, yo‘qolib qolish yoki o‘zini tashqi olamdan butunlay cheklash hissi paydo bo‘lganini aytishadi.

Bu holatning yengil charchoq va hissiy yonish bilan bog‘liq umumiy jihatlari mavjud emas. Sabablar ancha chuqur joylashgan.

Ildizlari

Ko‘pincha sabablar bolalik davrlariga borib taqaladi. Unda bola yoki o‘smir atrofdagi olamdan o‘ziga nisbatan bosimni his etadi:

  • Tengdoshlari bilan munosabatlarning mavjud emasligi.
  • Oilaviy mojarolar.
  • Atrofdagilar bilan mojarolar.
  • Bola/o‘smirning fikri hisobga olinmagan yoki undan oilaviy suhbatlarda umuman ishtirok etmaslik so‘ralgan vaziyatlar.
  • Munosabatlarning keskin yakunlanishi.

Bu va boshqa vaziyatlarda gina shakllanadi. Bu kabi hal etilmagan masalalar chuqur hissiy noqulayliklarga sabab bo‘ladi.

Keraksizlik hissining paydo bo‘lish sababi kimningdir sizga nisbatan munosabati yoki nazorat qilinmaydigan zo‘riqish holati bo‘lishi mumkin.

Himoya mexanizmi

Yuqori zo‘riqishga erishganida ruhiyat vaziyatni o‘zi boshqara olmaydi, ana shunda himoya mexanizmlari ishga tushadi. Odam ongsiz ravishda mavhum tus oladi, o‘zgalardan chetlashib, o‘z qobig‘iga yashirinadi.

Keraksizlik masalasini ginalar ustida ish olib borishdan boshlagan ma'qul.