Amerikalik aktrisa, realiti-shou yulduzi Kim Kardashyan rasman milliarderga aylandi va ilk bor “Forbes” jurnalining milliarderlar reytingiga kiritildi.
Nashrning xabar berishicha, ayni vaqtda Kardashyanning umumiy boyligi miqdori $1 milliardni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kim Kardashyan o‘zining shaxsiy kosmetik vositalar kompaniyasiga asos solgan. Daromadining kattagina qismi ham pardoz vositalari savdosi ortidan keladi.