Kimlar banan yeyishi mumkin emas?

  • 10:13 / 19.04.2019
  • 3053

Banan – barchaga tanish, ekzotik meva. U o‘zining ajoyib totli ta'mi, kremsimon xususiyati bilan ajralib turadi. Uning mevasi ko‘pincha foydali desert tariqasida dasturxonga tortiladi. Uning asosida smuzi, tort va pishiriqlar uchun qiyomlar tayyorlanadi.

Foto: Pexels

Banan nafaqat ta'mi, balki foydali jihatlari bilan ham mashhur. Meva tarkibida kaliy, fosfor va temir, shuningdek, V guruhi vitaminlari mavjud. Bananning tarkibi va xususiyatlari shishlar, apatiya va uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun foydali.

Bundan tashqari quyidagi holatlarda ham banan iste'mol etish tavsiya qilinadi:

  • yuqori qon bosimi;
  • astma;
  • yurak qon-tomir kasalliklari;
  • xotiraning yomonlashuvi.

Yuqorida sanab o‘tilgan foydali xususiyatlariga qaramay, meva barcha uchun birdek foydali emas.

Bananni haddan ziyod iste'mol qilish (kuniga 5 donadan ortiq) bosh og‘rig‘i va uyquchanlik sababiga aylanishi mumkin.

Buyrak faoliyati buzilgan kishilarga ham tavsiya etilmaydi. Meva organizmdan suyuqlik chiqishiga hissa qo‘shadi.

Tromboflebitga ega kishilar uchun ham banan man etiladi. Suyuqlik faol tarzda chiqarilgani uchun qon quyuqlashadi. Qon quyulishi yuqori bo‘lgan kishilar ushbu mevani kundalik ratsiondan chiqarishlari lozim.

Ichaklardagi buzilishlar. Banan uzoq vaqt davomida hazm bo‘lish xususiyatiga ega. Hazm qilishning istalgan turida meva salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, banan jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin.

Qandli diabet – banan iste'mol qilmaslik uchun yana bir sabab. Meva qondagi glyukoza miqdorini darhol oshiradi.

Teglar