“Kinder Surprise”ning yoshi nechada?

  • 23:57 / 11.09.2019
  • 314

“Kinder Surprise” – tuxum shaklidagi ajoyib shokolad. Uning mazasi va ichidagi bir-birini takrorlamaydigan o‘yinchoqlar necha yildirki, bolalarga olam-olam quvonch bag‘ishlamoqda. Quyida sehrli tuxumcha haqida qiziqarli faktlar bilan tanishasiz

1. “Kinder Surprise”  1972-yildan buyon ishlab chiqarilmoqda. Shirin tuxumcha ichiga o‘yinchoq solib qo‘yish g‘oyasi  shveytsariyalik dizayner Genri Rotga tegishli.
 
2. Issiq iqlim hukmronlik qiladigan davlatlar uchun Ferrero kompaniyasi sekinroq eriydigan shokolad qoplamali tuxumlari ishlab chiqariladi. Ular “Kinder Joy” deb ataladi.  

3. Keyinchalik Internet ommalashib ketganidan so‘ng, “Kinder Surprise” ishlab chiqaruvchilari “Internet Surprise” innovatsiyasini yaratishgan. 

4. 2007-yilning fevral oyida o‘tkazilgan “eBay” auksionida “Kinder Surprise” tuxumidan chiqqan 90 000 dona o‘yinchoqlar to‘plami 30 000 yevroga sotilgan.

игрушки Киндер Сюрприз

5. Shokoladli tuxumchalar Italiya va Ispaniyada “Kinder Sorpresa”, Germaniyada – “Kinder Uberraschung”, Portugaliya va Brazilyada – “Kinder Surpresa”, Shvetsiya va Norvegiyada – “Kinderoverraskelse”, AQShda – “Kinder Surprise” deb ataladi.

6. Ferrero kompaniyasi “Kinder Surprise”ni ishlab chiqarganidan so‘ng yana ko‘plab ajoyib shirinliklar yaratgan. Masalan: Raffaello, Fiesta, Nutella, Тик-Так va boshqalar.

7. AQShda “Kinder Surprise” shokoladli tuxumini sotish taqiqlangan. 1938-yilgi federal qonunga binoan, yemirilmaydigan mahsulotlarni oziq-ovqatga qo‘shish mumkin emas. 

8. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish boshlanganiga 30 yil to‘lganida  roppa-rosa 30 000 dona shokoladli tuxumlar sotilgan ekan. 

Teglar