Kitob tumani hududida karantin talablari keskin kuchaytirildi

  • 12:14 / 31.05.2020
  • 561

Kitob tumanida kronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida tumanda karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari yopildi.
Bu haqda Kitob tumani hokimligi ma’lum qildi.

Tumanda avtotransport va piyodalar harakatlanishi qat’iy nazoratga olingan.

“Barcha fuqarolardan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish hamda uyda qolish talab etiladi”, deyiladi tuman hokimligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati joriy yil 7-maydan boshlab “yashil” hudud deb e’lon qilingan edi. Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-may sanasidagi qarori bilan toifalangan hududlar ro‘yxatida ham viloyatning barcha hududi “yashil” deya e’tirof etilgan edi.