Kiyev–Toshkent va Toshkent–Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi

  • 13:15 / 06.04.2021
  • 87

Joriy yil 8-apreldan 29-aprelga qadar Kiyev–Toshkent va Toshkent–Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshiriladi. Bu haqda MAU aviakompaniyasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Kiyevdan reyslar har payshanba, Toshkentdan esa har juma kunlari amalga oshiriladi. 

Kiyevdan Toshkentga bo‘lgan aviachipta narxi 7 692 grivnadan (278 AQSh dollari) boshlanadi, Toshkentdan Kiyevga esa – 9 889 grivnadan (357 278 AQSh dollari). Chipta narxiga 23 kilogrammgacha bo‘lgan yuk va ikkita qo‘l yuki kiritilgan (5 va 7 kg).

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi mamlakatga kirishidan 72 soat oldin COVID-19’ga test topshirgani haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak.