“Knyazlar ko‘p, Betxoven esa bitta”. Betxoven haqida siz bilmagan eng qiziqarli faktlar

  • 14:24 / 26.03.2020
  • 318

Nemis bastakori, pianinochi va dirijyor, “Vena klassik maktabi”ning so‘nggi vakili Lyudvig van Betxoven 1770-yil 16-dekabrda Rim Imperiyasida dunyoga kelgan va 1827-yil 26-martda Venada vafot etgan. Klassik musiqaning asosiy figuralaridan biri bo‘lgan Betxoven o‘z davrida mavjud bo‘lgan barcha janrlarda asarlar yaratgan. Quyida sizga Betxoven hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Qiziqarli faktlar
• Bastakor otasi sababli musiqa olamiga kirib kelgan. Uning otasi undagi iste’dodni tez ilg‘ab oladi va uni rivojlantirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

• 11 yoshida matematik ko‘paytirish va bo‘lishni bilmagan Betxoven maktabni tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

• Maktabda o‘qiy olmaganligi klassik adabiyot sohasida muvaffaqiyatga erishishiga to‘siq bo‘la olmaydi. U Shekspir, Gyote, Gomer va Plutarx san’atini juda yaxshi tushungan va ko‘pchiligining asarlarini yoddan bilgan.

• Birinchi Vena Safari paytida, o‘n yetti yoshli Betxoven Motsart bilan sahnaga chiqadi. Motsart yosh Betxovenning san’atidan hayratlangan va uning kelajagi buyuk bo‘lishini aytgan.

• Betxovenning sevimli ichimligi qahva bo‘lgan. U qahva tayyorlash davomida ehtiyotkorlik bilan 64 ta qahva donachasidan foydalangan. Undan ko‘p ham kam ham emas.

• O‘ninchi simfoniyasini Betxoven butunlay kar bo‘lib qolganida yozgan. U kar bo‘lib qolganidan keyin asarlarini xotirasiga tayanib yozadi.

• Avvaliga Betxoven karligini barchadan yashirgan. Bir marta orkestrga dirijyorlik qilayotganida olqishlarni eshitmagan va tomoshabinlarga yuzlanmagan. Shunda uni ehtiyotkorlik bilan tomoshabinlar tarafga burib qo‘yishgan. U 27 yoshida butunlay kar bo‘lib qolgan edi.

• Betxoven fe’l-atvori juda qiyin va tushunarsiz bo‘lgan. Bir marta ommaviy chiqishlardan birida yosh yigit bir xonim bilan gaplashish bilan bandligini ko‘rib, o‘sha vaqtning o‘zida musiqani to‘xtatgan va “Men bunday to‘ng‘izlar oldida chiqish qilmayman”, deb baqirgan. Ovutish va uzrlarga qaramasdan o‘z chiqishini davom ettirmagan. Uning do‘stlari esa u juda mehribon, mulozamatli va hazil-mutoyibaga moyil ekanligini aytishgan.

• Bastakor iqtidorli o‘quvchilar va yosh, go‘zal ayollardan boshqalarga fortepyano bo‘yicha dars berishni yoqtirmagan.

• Tarjimai holida yozilishicha Betxovenning ayollar bilan munosabati unchalik yaxshi bo‘lmagan. Ba’zilari uning buyukligidan hayratga tushishsa, ba’zilari esa uni “xunuk, tarbiyasiz va yoqimsiz” hisoblashgan.

• Bir marta Betxoven knyazning iltimosiga ko‘ra, uning mehmonlari oldida chiqish qilishdan bosh tortgan va norozilik belgisi sifatida bir xonaga qamalib olgan. G‘azablangan knyaz eshiklarni buzishni buyuradi, shunda bastakor knyazlar ko‘pligi Betxoven esa bitta ekanligini aytib u yerni tark etadi.

• Betxovenning farzandlari bo‘lmagan, u hatto uylanmagan.

• Umri davomida u atigi bitta opera yozgan, xolos.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi