Kobi Brayantning bevasi fan-sahifalarni nega bloklaganiga izoh berdi

  • 11:33 / 16.06.2020
  • 735

NBA superyulduzi, 26-yanvar kuni qizi bilan aviahalokatda vafot etgan Kobi Brayantning bevasi Vanessa nima uchun erining ijtimoiy tarmoqlardagi fan-sahifalarni bloklab qo‘yganiga izoh berdi.
“Internetga kirib suyuklilarimiz – Jiji va Kobining har bir xabardagi rasmlarini ko‘rish biz uchun juda og‘ir. Muxlislarning sahifalarini bloklash algoritmni o‘zgartirishga yordam berdi. Biz barchangizni yaxshi ko‘ramiz, ammo iltimos biz buni o‘zimizga kelib olish uchun qilganimizni tushuning. Buni sizning mehringizni qadrlamaganimiz uchun qilmadik” degan Vanessa Instagram’da qoldirgan xabarida.