Konor MakGregorni yana bir bor jangga chorlashdi

  • 13:44 / 29.05.2020
  • 150

Braziliyalik UFC jangchisi Anderson Silva Konor Makgregorni jangga chorladi, deb xabar bermoqda Insider nashri.

“Men Konor Makgregorni sportchi sifatida hurmat qilaman. O‘ylashimcha, bizning ishtirokimizdagi jang yakkakurashlar tarixiga kiradi. Biz hech narsani isbotlashimiz shart emas. Muxlislar bizning jangni ko‘rishdan xursand bo‘ladi. Men esa unga qarshi to‘qnashuvda salohiyatimni yana bir bor sinovdan o‘tkazaman”, deya yozadi Anderson Silva o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Shuningdek, MakGregor ham Twitter’dagi sahifasida bu chorlovni qabul qilganini yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jastin Getji va Kamaru Usmon MakGregorni oktagonga chorlagani haqida xabar bergandik.

Teglar