Koreyalik “Ozodalik qiroli”ning foydali xobbisi bahraynliklarga ibrat bo‘lmoqda

  • 13:14 / 14.03.2015
  • 4044

Ijtimoiy tarmoqlarda 11 yildan beri Bahraynda yashayotgan Koreya fuqarosi haqida video ko‘p sonli muxlislarga ega bo‘ldi.

Koreyalik janob Yo har kuni ertalab uyg‘onishi bilan o‘zi yashayotgan hududdagi ko‘cha va maydonlarni axlatdan tozalashga kirishadi. Qizig‘i, u hech qanday tegishli tashkilot yoki korxona xodimi emas, balki omadli investor va o‘ziga to‘q insondir; u o‘z xohishiga ko‘ra saranjom-sarishtalik o‘rnatish bilan shug‘ullanadi.

Bu bir qarashda qora ish bo‘lib tuyulsa-da, aslida mo‘maygina daromad ham keltirishi mumkin. Janob Yo ko‘chalarni axlatdan tozalabgina qolmay, balki iste'molga yaroqli yoki qayta ishlasa bo‘ladigan mahsulotlarni ajratib oladi va ularni tegishli korxonalarga topshiradi.

Bahrayn ko‘chalarining ozodaligiga va ekologiyaning yaxshilanishiga sezilarli hissa qo‘shayotgan bu inson mahalliy aholi orasida katta hurmat qozongan va hatto “Ozodalik qiroli” laqabini olgan. Uni o‘z uyining va ko‘chasining tozaligi haqida qayg‘urmaydigan yosh avlod vakillariga ibrat sifatida ko‘rsatishadi.

O‘qishni tavsiya etamiz:

Futbol mashhurlari mehribon kishilar qiyofasida

Odamni to‘lqinlantirib yuboruvchi 14 ta hayotiy surat

Agarda dunyo aholisi 100 nafar bo‘lganida...

Insoniylikning 10 ko‘rinishi

Teglar