Koreys, yapon yoki xitoylik: ularni qanday farqlash mumkin?

  • 18:58 / 29.09.2019
  • 2120

Tabiat bizni takrorlanmas va turli irqqa mansub qilib yaratgan. Kimning qaysi millatga mansub ekanligini esa uning irqi va diniga qarab aniqlashimiz mumkin. Masalan, koʻpchilikka maʼlum boʻlgan xitoy, yapon va koreyaliklar deyarli bir xil tashqi koʻrinishga egadek tuyuladi. Aslida-chi? Ularni qanday farqlash mumkin? 

Hamma gap eʼtibor va kuzatuvda. Aslini olganda, ularning yuz koʻrinishi, muomala madaniyati, tili, kiyinishi va hatto isteʼmol qilayotgan oziq-ovqatlarida ham farq bor.

Как определить кто перед вами: японец, кореец или китаец?

Bir qarashda ular sizga goʻyoki bir-biriga oʻxshashdek koʻrinishi mumkin, ammo ularni 3 ta asosiy belgilar orqali bemalol bir-biridan farqlasa bo‘ladi.

Avvalo, salomlashish orqali

Ularning jamiyat orasida oʻzlarini qanday tutishlariga qarab kim qaysi millat vakili ekanini farqlab olishingiz mumkin. Misol tariqasida ularning ta’zim qilish odatini keltiramiz: yapon va koreyslar chuqur ta’zim bilan murojaat etishsa, xitoyliklar, shunchaki boshini yengil egib salomlashishi yoki xayrlashishi mumkin. Shu bilan birga xitoyliklarda oddiy qoʻl siqib koʻrishish holatlari ham koʻp kuzatiladi.

Omma oldida oʻzini tutish orqali

Agar siz omma orasida bir biri bilan tez va qattiq gapirayotgan osiyoliklarni koʻrsangiz, hech shubhasiz, ular xitoyliklar. Chunki yapon va koreyslar omma orasida past ovozda gaplashishga urinishadi. Odatda, jamiyat ichida deyarli gaplashmaydilar ham. Buni huramatsizlik belgisi, deb bilishadi.  Tashqaridan ularni kuzatar ekansiz, yapon va koreyslar xitoyliklardan tubdan farq qilishini anglashingiz qiyin emas. 

Yapon va koreyslar xitoyliklardan farqli oʻlaroq, juda tartibli va atrofni ozoda saqlashadi. Shuningdek, xitoyliklarda shunday qonun joriy etilganki, agar koʻchada kimningdir tobi qochib qolsa, unga yordam berishda ehtiyot bo‘ling. Negaki, sizni bemor odamga zarar yetkazganlikda ayblab va javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Как определить кто перед вами: японец, кореец или китаец?

Ikkinchidan, ularning tashqi koʻrinishi turlicha

Masalan, kiyimlaridan tortib, yuz tuzilishlarigacha tubdan farq qiladi. Agar siz xuddi anime multfilimlaridagi qahramonlarnikiga oʻxshash, koʻzlari katta-katta osiyolikni koʻrsangiz, shubha qilmasangiz ham boʻladi – u koreyalik. Koreyaliklar zamonaviy va yorqin rangdagi kiyimlarni yoqtirishadi. Yana bir jihat – bu yerdagi ayollar sifatli va betakror boʻlgan pardoz buyumlariga juda katta qiziqish bilan qarashadi. Yorqin lab boʻyogʻi va qalin kiprikni faqat koreyalik ayollarda koʻrishingiz mumkin.

Yaponiyaliklarda esa bu umuman boshqacha boʻladi. Yaponiya – amaldorlar va doimiy qattiq ishlaydigan ofis xodimlari mamlakati. Bu yerliklar, asosan, bir xil rangdagi kiyimlarni kiyishadi. Ularni oq-qora, kulrang, havorang va qaymoqrangdagi formalarda uchratishingiz mumkin. Qizigʻi shundaki, ular shu qadar ishlariga boʻlgan muhabbati kuchli ekanidan, hattoki, dam olish kunlari ham koʻchaga, xuddi ishga ketayotgandek koʻrinishda chiqishadi. Maʼlum boʻlishicha, yaponiyaliklar bu bilan oʻzlaridagi qatʼiyat va masʼuliyatni koʻrsatmoqchi boʻlishadi. Qayerda va kim bilan boʻlishlaridan qatʼi nazar. Vaholanki, eng zamonaviy kiyimlarni taqdim etadigan va oʻylab topadigan ham aynan Yaponiya dizaynerlari hisoblanadi. Yaʼni, bu borada butun bir Yevropa bilan bellasha oladigan xalqdir. Ammo oʻzlari yaratgan kiyimlardan birortasini ham kiyishmaydi. Bu – oʻz anʼanalariga sodiqlik alomati. 

Xitoyliklar 

Xitoyliklarda hech qanday oʻzgacha koʻrinish yoki tartib bilan kiyinish odati yoʻq. Ular deyarli tashqi koʻrinishga ahamiyat ham berishmaydi. Oʻzlariga qulay boʻlgan kiyimlarni kiyib ketaverishadi. Oddiy jinsi shim va futbolka. Ayniqsa, oʻrta yoshlilar orasida bunday did bilan kiyinganlarni uchratish qiyin.

Как определить кто перед вами: японец, кореец или китаец?

Uchinchidan, ularning yuz tuzilishidagi farq

 Albatta, buni aniqlash biroz mushkul. Ammo sinchkovlik bilan qarasangiz buni bilib olish qiyin emas. Silliq, uchburchaksimon, oppoq yuzli, ingichka qoshli va koʻzlari katta-katta toʻq rangli, deyarli qora boʻlsa u holda qarshingizda koreyalik turibdi. Bu yerdagi ayollar sochlarini turli ranglarga boʻyashni yaxshi koʻrishadi, erkaklari ham bundan mustasno emas.

Yuzi silliq, biroq kattaroq burunli, shu bilan birga kichik yuzli, qora sochli, qalin qoshli va koʻpchiliklarida sepkillar mavjud boʻlgan, shuningdek, umuman pardoz qilmagan boʻlsa, bu – yaponiyalik (agar u ayol kishi boʻlsa).

Eng qiyini, xitoyliklarni aniqlash. Ularning mamlakati shunchalik ulkanki, shimoliy va janubiy viloyatlarda odamlar bir-biridan butunlay farq qiladi. Shimolda ular uzun boʻyli “yevropacha” yuz xususiyatlariga ega, ingichka burunli va yumaloq yonoq suyaklari bilan ajralib turishadi. Janub aholisi esa vyetnamliklarga oʻxshaydi, past boʻyli va ozgʻin. Misol uchun, Jeki Channi olaylik. U ham janubiy xitoydan.

Как определить кто перед вами: японец, кореец или китаец?

Koʻrib turganingizdek, hammasi oddiy, biroz kuzatuvchan va sinchkov boʻlsangiz, aniqlash sizning ham qoʻlingizdan keladi. Hech boʻlmaganda salom berishi orqali. Masalan,  
yaponlar – konnichiva;
koreyslar – anyon
xitoyliklar – ni xao deya salom berishadi.