“Ko‘rinmas dushman” g‘olib? Tramp immigratsiyani to‘xtatmoqchi

  • 09:18 / 21.04.2020
  • 246

Prezident Donald Tramp AQShga immigratsiyani vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha qarorni imzolashga va’da berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Prezident Twitter’dagi sahifasida “ko‘rinmas dushman hujumi fonida” ushbu qarorni qabul qilishga qaror qilganini yozgan. Bunga shuningdek, “ajoyib amerika fuqarolarining ish o‘rinlarini himoya qilish zaruriyati” ham ta’sir qilgan.
Oq uy rahbari o‘z tvitida qaror qachon imzolanishi va qaysi muddatda amal qilishiga oydinlik kiritmagan. 
Koronavirus pandemiyasi tufayli AQShga faqatgina zarur hollarda Kanada va Meksikadan kirishga ruxsat berilmoqda. Ushbu choralar may oyi o‘rtalarigacha amal qiladi.
Yevropa davlatlari va Xitoydan keladiganlar uchun jiddiy cheklovlar borligiga qaramay vaqtinchalik vizaga ega shaxslar – talabalar va biznesmenlar AQShga kirishi mumkin.