Koronavirus: Argentina aviaparvozlar taqiqini sentabrga qadar uzaytirdi

  • 15:16 / 06.05.2020
  • 68

Argentina hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli 1-sentabrgacha barcha ichki va xalqaro aviareyslarni taqiqladi. Prezident Alberto Fernandes dushanba, 4-may kungi yig‘ilishda barcha tijorat reyslariga chiptalar sotishni to‘xtatish rejalashtirilayotgani va bu qoidalarga rioya qilmaganlar jarimaga tortilishini ma’lum qildi.
 
Qayd etilishicha, faqat yuk tashuvchi va fuqarolarni vataniga qaytarish bilan shug‘ullanadigan reyslarga ruxsat beriladi.
 
“Argentina milliy fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan imzolangan farmon dunyodagi eng qat’iy taqiqlardan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda. 
 
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Argentinada 4000 dan ortiq koronavirusga chalingan bemor qayd etilgan, 197 kishi vafot etgan.