Koronavirus, Buxorodagi tabiiy ofat va Sardobadagi texnogen halokat sababli byudjet xarajatlari optimallashtiriladi

  • 13:02 / 22.05.2020
  • 112

Koronavirus, Buxorodagi tabiiy ofat va Sardobadagi texnogen halokatni bartaraf etishga sarflanayotgan mablag‘lar sababli byudjet xarajatlari optimallashtiriladi.

Bu borada kecha, 21-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash chora-tadbirlarini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, Hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Mudofaa va huquq tartibot organlarining tadbirlari hamda ularga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan jami 1,150 trln. so‘m miqdorigacha bo‘lgan byudjet mablag‘larini maqbullashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Mazkur qarorning bandiga asosan maqbullashtiriladigan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltirilishi belgilanmoqda:

1. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha, xarajatlar hisobidan quyidagilarga ajratilgan mablag‘lar o‘rnini qoplash uchun:

– 2020-yil 1-maydagi “Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishiga asosan Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga ajratilgan 100 mlrd so‘m;
–Prezidentning 2020-yil 30-yanvardagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-dekabrga qadar xususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash va jihozlash ishlari 25 foizdan kam bo‘lmagan hamda bajarilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan 182 mlrd. so‘m;
– Vazirlar mahkamasining 2019-yil 14-noyabrdagi farmoyishiga asosan davlat va jamoat extiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkari olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarining buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahar mahlliy budjetlariga ajratilgan 352,7 mlrd. so‘m;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni 9-bandiga asosan yangi tshkil tashkil etiladigan kichik sonoat zonalariga barcha zarur infratuzilmalarini yetkazib berish uchun kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalariga ajratilgan 85,3 mlrd so‘m;

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan Buxoro viloyati mahalliy byudjetiga 130 mlrd. so‘m ajratish (shu jumladan, oldin ajratilgan 100 mlrd. so‘m o‘rnini qoplash) uchun;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 6-bandiga muvofiq yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun tuman byudjetlariga ajratilgan 300 mlrd. so‘m.