Koronavirus epidemiyasining siri: nima uchun kasallanganlar orasida bolalar deyarli yo‘q?

  • 15:10 / 13.02.2020
  • 3302

Kunning eng dolzarb muammolaridan biri – koronavirus epidemiyasi bilan kasallanish holatlari soni kun sayin o‘sib bormoqda? Ammo kasallik qurbonlari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ular orasida 15 yoshgacha bo‘lganlar deyarli yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, virusning bolalarga ta’sir qilish ehtimoli kamroq. Buning siri nimada?

Statistikaga ko‘ra, virusning deyarli barcha qurbonlari yoshi katta odamlardir. 65 yoshdan oshganlar orasida esa o‘lim darajasi ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. 

Ushbu parametrlarda yangi virus atipik pnevmoniya (SARS)ga juda o‘xshash bo‘lib, deyarli bolalarni chetlab o‘tadi. 2003-yilgi SARS epidemiyasida 8 mingdan ortiq odam kasallangan bo‘lsa-da, yosh bemorlarning birortasida ham o‘lim holatlari kuzatilmagan. Agar gripp bilan solishtirganda, vaziyat biroz boshqacha. Gripp virusi qurbonlari orasida keksa odamlar, shu bilan birga bolalar ham katta xavf ostida qoladilar. Aniqlanishicha, yangi virus fuqarolarning turli yosh toifalari orasida kasallik tarqalishi nuqtai nazaridan SARS’ga juda o‘xshaydi.
Ammo nima uchun bolalar juda tez tarqalayotgan koronavirusga qarshilik ko‘rsatishmoqda? Olimlar hozircha bu savolga aniq javob bera olishmayapti. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, buning ikkita sababi bo‘lishi mumkin. Avvalo, bolalarda kattalarga qaraganda virusga nisbatan sezgirlik kamroq bo‘ladi, shuning uchun og‘ir bemorlar davrasida bo‘lgan bolaga ham virus yuqmasligi mumkin. Ikkinchi variantga ko‘ra, bolalar  kasallikni yuqtiradilar, ammo ularning organizmi ma’lum himoya mexanizmlariga ega bo‘lib, virusga qarshi faolroq kurashadi. Ulardagi kasallik yengil shaklda davom etadi, deyarli hech qanday alomatlar va asoratlar kuzatilmaydi. 

Hozirda kasallik nima sababdan yuz berayotganligi aniq emas. Shifokorlar yangi virus haqida hali juda kam ma’lumotga ega ekanliklarini tan olishadi va bolalarning yuqori qarshiligi nimaga asoslanganligini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib bormoqdalar.