Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor vafot etdi

  • 17:58 / 31.05.2020
  • 547

Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir bemor o‘pka - yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashagan 1957-yilda tug‘ilgan X. da shu yilning 30-may kuni Covid-19 infeksiyasi aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan. 

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib turilgan. 

“Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, va reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan  vafot etdi”, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 14-o‘lim holati joriy yil 27-may kuni Samarqand viloyatida qayd etilgan edi.