Koronavirus inson tanasida nimalarni sodir etadi?

  • 15:56 / 26.03.2020
  • 2300

Koronavirus bilan zararlanganlikni bildiruvchi alomatlardan biri bu nafas olishning buzilishidir. Koronavius oilasining barcha a’zolari (ularning 40 ta turi ma’lum) nafas tizimi a’zolarini zararlaydi.

Ular ichidan SARS-COV-2 virusi kontakt yo‘lidan tashqari, havo-tomchi usuli orqali ham yuqish xususiyatiga ega. Bu esa inson yo‘talganida yoki aksirganida og‘iz-burundagi mayla tomchilar havoga o‘tadi. Havoga tushgan tomchida esa virus bo‘lishi mumkin. Yoki bo‘lmasa, og‘iz-burun shilliq qavatidan ajralgan mayda suyuqlik yaqin atrofdagi odamlarga yoki buyumlarga tushadi. 

Zararlangan buyumga qo‘l tekkizish orqali qo‘zg‘atuvchi ko‘z, burun yoki og‘iz bo‘shlig‘iga tushib qoladi. Har qanday virus kabi koronavirus ham yashab ketishni istaydi. Tanaga tushgan qo‘zg‘atuvchi ko‘payishi va rivojlanishi uchun o‘z-o‘zini nusxalashni boshlaydi. U sog‘lom hujayralarga birikib olib, koronavirus o‘zidagi irsiy materiallari – RNKni hujayra ichiga kiritadi. Ana shundan keyin u hujayradagi moddalar almashinuvini qo‘lga oladi. Tanada ko‘payayotgan virus tananing immun tizimi bilan to‘qnash keladi. Immunitet unga qarshilik ko‘rsatish davomida insonda alomatlar paydo bo‘la boshlaydi. Tomoqda og‘riq, tumov, aksirish, yo‘tal kuzatila boshlaydi.

Image result for Что коронавирус делает в организме человека?

 COVID-19 bilan zararlangandan keyin inson tanasida nimalar sodir bo‘ladi?
Virus eng avvalo, tomoqni egallab olgani sabab kasallikning ilk alomatlari ko‘p ham ko‘zga tashlanmaydi. Ana undan keyin virusning asosiy zarbasi o‘pkalarga beriladi. O‘pkalarda zotiljam paydo bo‘lib, nafas olish qiyinlashadi, ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘ladi. Zotiljam rivojlangach, virus o‘pkalardagi havoli qon-tomirlarga, alveolalarga o‘tishi ham mumkin. Bu esa tanada kislorod tanqisligini yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi.

Image result for Что коронавирус делает в организме человека?

Yurak, ichak va buyrak ham zarba ostida qolishi mumkin
O‘pkalar virus tomonidan zararlanishi mumkin bo‘lgan yagona a’zo emas. Ayrimlarda ushbu virus sabab yurak urishlar maromi buziladi, u tez urib qonni tez hayday boshlaydi. Qarabsizki, yurak yetishmovchiligi paydo bo‘ladi.

Og‘iz orqali tushgan virusni yutib yuborish oqibatida u ichak hujayralarini zaharlaydi. American Journal of Gastroenterology nashrida koronavirusdan zararlangan bemorlarning deyarli yarmi shifokorga ich ketishi va hazm qilishning buzilishi bilan shikoyat qilishgan ekan.

Image result for Что коронавирус делает в организме человека?

Immunitet tanaga tushgan begona virusni tanib qoladi va bor kuchi bilan kurashadi. Biroq buning ta’sirida u insonning o‘ziga qarshi ishlay boshlaydi va organizmning o‘z hujayralariga qarshilik qilishni boshlaydi. Bu esa davolash og‘ir bo‘lgan autoimmun kasalliklarni paydo qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, virus buyraklarni ham zararlashi mumkin ekan. Virus ta’sirida ular umuman ishdan qolishi mumkin.