Koronavirus sabab NBA jamoalari mashg‘ulotlarni to‘xtatadi

  • 15:21 / 20.03.2020
  • 51

Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) o‘z jamoalariga juma kundan boshlab mashg‘ulotlarni to‘xtatishni buyurdi, deb xabar bermoqda SkySports nashri. 


20-mart kuni NBA barcha 30 jamoaga yozma ravishda  ogohlantirish xati yuborgan.

O‘tgan hafta “Yuta Jazz” klubi vakili Rudi Gobert koronavirus bilan kasallangani aniqlangandan keyin NBA jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarni to‘xtatib qo‘ygandi. 

Xabarda ta’kidlanishicha, NBA jamoalarining har to'rttasidan bittasida Covid-19 infeksiyasini yuqtirib olgan o’yinchi mavjud.