Koronavirus tufayli vafot etganlar soni bir kechada keskin ko‘tarilib ketdi

  • 09:03 / 13.02.2020
  • 2861

Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning Xubey provinsiyasida o‘tgan bir kechaning o‘zida yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 242 nafarga ko‘paydi. Shuningdek, kasallik bilan og‘riganlar soni ham bir kun ichida 14840 nafarga ko‘paygan.

Yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Uxan shahrida esa virusdan 216 kishi vafot etdi va 13 436 kishi zararlangan. 

Kechagi kun o‘tgan seshanbaga nisbatan koronavirus qurbonlari borasida keskin farq qilmoqda. 11-fevralda Xubeyda virusdan 94 kishi vafot etgani, 1 638 ta yangi kasallanish holati qayd etilgani ma’lum qilingandi.  

Provinsiyaning sog‘liqni saqlash qo‘mitasi oradagi bunday farqni tashxislashning yangi usuli qo‘llanayotgani bilan izohlamoqda. 

2019-yilning dekabridan beri Xubeyda 48 ming kishi kasallikka chalingan (Uxanda 33 mingta), kasallikdan vafot etganlar 1,31 nafarni (Uxanda 1,036 nafar) tashkil etgan. 

Sog‘ayib ketganlar soni, bugunga qadar 3 441 nafarga yetgani ma’lum qilinmoqda.