Koronavirusni birinchi bo‘lib yuqtirgan bemor topildi. Aynan undan pandemiya boshlangan bo‘lishi mumkin

  • 12:28 / 26.03.2020
  • 4748

Xitoyda koronavirusni birinchi bo‘lib yuqtirgan shaxs aniqlandi. Aynan undan butun dunyoga tarqalgan pandemiya boshlangani aytilmoqda. Bu haqida Ria.ru nashri Xitoydagi “Penpay” gazetasiga tayanib xabar bermoqda.

 Koronavirus bilan eng birinchi bo‘lib xitoylik ayol zararlangan. U Uxandagi “Xunan” bozorida tirik qisqichbaqalar sotgan. Xabarga ko‘ra, ayolda kasallik alomatlari 2019-yilning 11-dekabrida paydo bo‘lib, kutilmaganda isitmasi ko‘tariladi va odati bo‘yicha klinikaga murojaat qiladi. Unga isitmani tushiradigan ukol qilishadi. Sotuvchi ayolning so‘zlariga ko‘ra esa, u tez-tez tobi qochgani sabab shifokor qabuliga borib turgan va unga ukol qilishlari bilan hammasi o‘tib ketgan. Biroq bu safar isitmasi tushmagach, 16-dekabr kuni u Xuanchjun universiteti qoshidagi kasalxonaga boradi va u yerda undan yangi konoravirusni topishadi. Keyinchalik bu ayol virusni yuqtirgan ilk bemor ekani ma’lum bo‘ldi.  

Endilikda, Uxandagi “Xunan” bozori COVID-19 o‘chog‘i ekani taxmin qilinmoqda. Biroq olimlar haligacha qanday qilib virus hayvondan odamga o‘tganini bilisholmayapti.