Kosmosda ilk badiiy film olinadi 

  • 15:40 / 31.05.2020
  • 245

Amerikaning SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask NASA bilan hamkorlikda ochiq kosmosdagi birinchi to‘liq metrajli filmni ishlab chiqarishni boshlashdi. Xabarda aytilishicha, yangi kartinaning rejissyori Tom Kruz bo‘ladi. Filmdagi asosiy rolni esa “Mister va missis Smit” kabi mashhur filmlar muallifi Dag Layman ijro etadi. NASA ilk to‘liq metrajli badiiy film rejasini tasdiqlagan.  

Film haqida qisqacha
Manbada aytilishicha, yangi kinotasma qisman kosmosda tasvirga olinadi. Sahnaning qolgan katta qismi esa Yerda olinadi va qayta ishlanadi. Filmning hozircha distribyuteri va aniq detallari ma’lum emas. Biroq Laymanning tajribasini inobatga olgan holda umumiy kinokartinaning sifatini tasavvur qilish mumkin. Syujet kosmosga sayohat qilgan va o‘g‘irlangan uskunalar yordamida Oyda energiya manbayini olishga harakat qilayotgan bir guruh jangchilar haqida hikoya qiladi. Film syujetini ko‘ra turib, uning Ilon Mask va Tom Kruzga to‘liq mos kelishini aniq aytish mumkin. 

Yangi kinokartina hali-beri boshlanmasa kerak. Bu nafaqat kosmosda tasvirga olish jarayonlariga katta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi bilan, balki bu Kruzning ish grafigining o‘ta bandligi bilan ham bog‘liq. Negaki, hozirda Tom Kruz josuslik franshizasi “Missiya bajariladi”ning yangi qismi ustida ish olib borayotgan edi. Qolaversa, Italiyadagi pandemiya sabab bu jarayon to‘xtab qolgan. Pandemiya tugagach, u o‘zi ishlayotgan filmiga qaytadi.