Krasnodarda jiddiy jarohat olgan fuqaroni hech bir reys olib kelishni istamadi

  • 10:46 / 07.11.2019
  • 734

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida mehnat migratsiyasida bo‘lgan 5 nafar fuqaro YTHga uchradi. Bu haqida O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulligi xabar qildi.

O‘zbekistonlik bemorni hech bir reys olib kelishni istamadi

КРАС1

Natijada ularning 2 nafari halok bo‘lgan. Bir nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. 3 nafar fuqaro esa Temryuk kasalxonasiga yetkazilgan. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur fuqarolarning 2 nafari biroz ahvoli yaxshilangach, O‘zbekistonga qaytib kelgan. Biroq 1985-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan Ravshan To‘xtamatov juda jiddiy jarohat olgan bo‘lib, unda suyak sinishlari, ichki a’zolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma borligi aniqlangan. “Yotoq bemor”ni samolyotda O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.

Bemor O‘zbekistonga olib kelindi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqarosi Ravshan To‘xtamatovni 5-noyabr kuni O‘zbekistonga olib keldi.

КРАС2

Bosh konsullik yordam ko‘rsatgan

Bemorning turmush o‘rtog‘i E’zoza Mamatovaga ko‘ra, Ravshan To‘xtamatovga u O‘zbekistonga yetib kelgungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulligi yordam ko‘rsatgan, vaziyatni nazoratga olgan.