Kris Evans endi “Kapitan Amerika” bo‘lmaydi

  • 10:02 / 02.06.2020
  • 732

Dunyoga “Kapitan Amerika” roli orqali tanilgan amerikalik aktyor Kris Evans o‘z muxlislariga kutilmagan yangilikni xabar qildi. Uning aytishicha, endi mashhur Kapitan Amerika personaji kinokompaniya Marvel’ning yangi kinokartinalarida chiqmaydi. Vaholanki, ko‘plab muxlislar buning aksi haqida gapirishyapti, “Kapitan Amerika”ni yana kutishmoqda

Kris Evans 2011-yildan beri ushbu personajni ijro etib keladi va so‘nggi marta “Qasoskorlar: Final”  (Mstiteli: Final. 2019-yil)da tasvirga tushgan va shu orqali film mantiqan tugallangan edi. Biroq shunga qaramay ham aktyor muxlislari o‘z “kapitanini” kutishda davom etayapti.

“Bu yuqori notada tugallangan zo‘r tajriba bo‘ldi va endi unga yana qaytish tavakkalchilik bo‘ladi. Bu mening fikrim. O‘ylaymanki, hammasini shunday, boricha qoldirgan ma’qul”, deb izohlaydi Krisning o‘zi.

Xabarda aytilishicha, uning film tarixidan ketganligini “Lochin va qishki askar” seriali syujetida (Сокл и Зимний солдат) aytib beriladi. 

Ma’lumot o‘rnida
“Qasoskorlar: Final” filmi 2019-yilda ishlab chiqarilgan amerikacha superqahramonlikka asoslangan filmdir. Film Marvel Studios tomonidan Entoni va Jo Russo rejissyorligida yaratilgan.