Krishtianu Ronaldu shu yozda “Yuventus”ni tark etishi mumkin

  • 10:48 / 11.06.2020
  • 1219

“Don Balon” tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Ronalduning xizmatlariga “Inter Mayami”, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” hamda Madridning “Real” klublari qiziqish bildiryapti.

Xabaringiz bor, Ronaldu 2018-yilning yozida “Yuventus” tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytga qadar u “Yuventus” tarkibida 75ta o‘yinda maydonga tushib, 53ta gol urgan va 17ta golga asistentlik qilgan.