Kuchli onalar tarbiyalagan farzandlar 14 jihati bilan ajralib turadi

  • 09:57 / 18.01.2019
  • 4536

Yoshligingizda onangiz kuchli ekanini anglash qiyin. Ulg‘aygach esa u o‘rgatgan qadriyatlarga qarab buni tushunishni boshlaysiz. 

U sizga berishi mumkin bo‘lgan eng muhim narsa – o‘zida mavjud bo‘lgan kuchni berish. Biroq bir necha boshqa qadriyatlar ham mavjud. Keling, kuchli onangizdan sizga o‘tgan xususiyatlarni birma-bir ko‘zdan kechiramiz.

1.  O‘z muammolaringizni mustaqil yechishga moyillik ko‘nikmasi

Kimdandir suv so‘raganingizda onangiz gapingizni bo‘ladi: «O‘z oyog‘ing yo‘qmi?» Yoki stol atrofida tuz so‘raganingizda: «Qo‘ling yo‘qmi?» Bari aniq: dunyo atrofingizda aylanmaydi, hech kim sizning o‘rningizga biror narsani bajarishga majbur emas. Siz o‘zingiz uchun barini mustaqil amalga oshirishni o‘rganishingiz kerak.

Foto: Unsplash

2.  G‘ururga bog‘lanib qolmasdan o‘z xatolarini tan olish oson 

Ko‘pchiligimiz guldonni sindirganimiz yoki ichimlikni gilamga to‘kib yuborganimizni inkor etganmiz. Ko‘pincha barini uka yoki singlimizga to‘nkaganmiz. Biroq kuchli onalar bizga aybni tan olish va qilgan ishimiz uchun o‘zimiz javob berishimiz kerakligini o‘rgatishgan. Kuchli ona o‘stirgan farzandni aynan shu jihatdan bilib olish oson.

3.  O‘zini o‘ziga xos deb his etish.

Chunki kuchli onalar o‘z muhabbatini izhor eta oladi va farzandlarini o‘z orzusi ortidan borishga o‘rgatadi.

4.  Aniq maqsadga ega va uni amalga oshirishga intiladi

Kuchli onalar nafaqat o‘ziga xoslik hissini singdiradi, yana maqsad sari intiluvchan bo‘lishni ham o‘rgatadi. Ular tufayli sizda murakkab maqsad va ularni amalga oshirish uchun kuch paydo bo‘ladi.

5. «Yo‘q» deyish ko‘nikmasi

Ko‘pchilik odamlar ularni yaxshi ko‘rishlari va hurmat qilishlarini istaydilar. Shuning uchun «yo‘q» deyishga cho‘chiydilar, bu asosiy muammolardan biri. Ayrim hollarda begonalar so‘rayotgan manzilni bilmaymiz deyishdan ham qo‘rqamiz. Biroq kuchli ona tarbiya qilgan inson bunday qilishdan qo‘rqmaydi.

6. O‘z-o‘ziga berilgan ideal baho va o‘z-o‘zini hurmat qilish. 

Ona – bu sizni so‘zsiz yaxshi ko‘radigan ilk va balki yagona insondir. U sizga qanday muhabbatga munosib ekaningizni ko‘rsatadi. Kuchli ona sizni o‘z-o‘zingizni sevishga o‘rgatadi. O‘zingiz loyiq bo‘lganidan kamiga rozi bo‘lmaslikni o‘rgatadi.

7. O‘zini ro‘yxatning boshiga qo‘yishni tushunish – xudbinlik emas. 

O‘zgalarga yordam berish, saxiy bo‘lish, shubhasiz ijobiy jihatlar. Biroq evaziga hech narsa olmay, o‘ta saxiy bo‘lish kerakmi? Vaqt o‘tishi bilan bu sizga zarar keltiradi. Kuchli onalarning farzandlari bu muvozanatni boshqara oladilar – xudbin bo‘lish emas,o‘zi haqida o‘ylash.

8. Qadriyatingiz faqat tanadan iborat emas. 

Zamonaviy dunyoda tashqi go‘zallik jamiyatdagi muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. Biroq kuchli onalarning farzandlari ular shaxsiyat va xarakterni yaxshi ko‘rishlari kerakligini bilishadi. Ular ajin, tsellyulit yoki qoringa e'tibor berishmaydi. 

9. Ba'zida voz kechish kerakligini anglash 

Har ikkala tomonga zarar keltiradigan munosabatlarni davom ettirish, sevimli bo‘lmagan ishda faoliyat yuritish, faqat yoqimsiz holatlarga sabab bo‘ladigan inson bilan do‘stlashish. Bularning bari kuchli ona tarbiya qilgan farzandlarni chetlab o‘tadi. Ular qachon voz kechish kerakligini yaxshi bilishadi.

10. O‘zini xafa qilmaslik

Mutaxassislar atrofdagi kishilarni sizga yaxshi munosabatda bo‘lishga o‘rgatish mumkinligini ta'kidlaydilar. Kuchli onalarning farzandlari buni ilk yoshdan o‘rgatishni boshlaydi. Ular o‘ziga nisbatan kamsitish hollariga yo‘l qo‘ymaydi.

Foto: Unsplash

11. Kamroq gapirish, ko‘proq bajarish

«Insonni bilishni istaysizmi? Uning so‘zlariga emas, amallariga nazar soling» - barchaga ma'lum ibora. Kuchli onalar bu faktga bolalarini yoshlikdan o‘rgatadi. Murakkab yo‘l bilan orttirilgan xususiyat ana shunday insonlarning asosiy ko‘makchisiga aylanadi.

12. O‘z va'dasini bajarish

O‘z va'dasini bajarish – ona o‘rgatishi mumkin bo‘lgan yaxshi jihatlardan biri. Bu barcha murakkabliklarga qaramay o‘z va'dasini bajargan ona tuhfasi.

13. Tinglash ko‘nikmasi

Kuchli onalar o‘z farzandlarini tinglashga o‘rgatadi. Hatto bolalar ma'nisiz gaplarni gapirsa ham. E'tibor bilan eshitilgan bolalar buning qiymatini biladi va ularning o‘zlari ham yaxshi tinglovchilarga aylanishadi. 

14. Oilaga bog‘liqlik

Kuchli onalarning muhabbat va e'tibor bilan katta bo‘lgan farzandlari xuddi shu an'anani davom ettiradi va o‘z bolalarini ham yaqinlar va qarindoshlarga bog‘liqlik ruhida o‘stiradi.