Kukuten - 7 ming yil avval yo‘qolgan sivilizatsiya

  • 00:57 / 09.06.2019
  • 916

Ruminiya hududida yetti ming yil muqaddam yo‘qolgan sivilizatsiya izlari saqlanib qolgan. Kukuten sivilizatsiyasi zamonaviy odamlarga ko‘p miqdordagi loydan ishlangan haykallar qoldirgan.

Nima uchun sivilizatsiya yo‘qoldi?

Tarixchilar sivilizatsiyaning 90 foizi olov sababli yo‘qolgan deb hisoblashadi. U qayerdan paydo bo‘lgani esa noma'lum. Bugungi kunda mutaxassislar bu tabiiy ofat bo‘lganmi yoki kimdir ataylab yoqqani borasida aniq bir fikrga ega emas.

Kukuten sivilizatsiyasi qoldiqlarini tadqiq etish davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilmagan. Shuning uchun ham vandalizm ehtimoli yuqori. Mutaxassislar hozirning o‘zidayoq «qora qazuvchilar» artefaktlarni topish va ularni sotish uchun qazish ishlarini olib borayotgani haqida aytishmoqda.

Qadimiy loy buyumlarga Vatikan va Nyu-Yorkda joylashgan San'at muzeyi katta qiziqish bildirmoqda.

«Kukuten madaniyati — Yevropa tarixi qadriyatlari» ekspozitsiyasini ruminiyalik san'atshunoslar tashkil etishgan. Qayd etish joizki, u mashhurlikka erishgan. Unga 50 ming nafar kishi tashrif buyurgan.

Ko‘rgazmadan keyin qadimiy sivilizatsiya o‘rnida qazish ishlarini moliyalashtirishga tayyor mutaxassislar paydo bo‘lishdi. Ular topilgan artefaktlar Misr ehromlaridan ham qadimiyroq ekanini aytishgan.

Bugungi kunda sivilizatsiya Transilvaniya va Moldovadan janubi-sharqda joylashgani ma'lum. Aholi turarjoylari Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan.

Tsivilizatsiya evolyutsiyasi 2 ming yilni tashkil etgan. Ushbu xalq vakillari bezak san'ati buyumlari va metall hamda toshga ishlov berishning g‘aroyib usullarini qoldirishgan.

Teglar