Kun tarixi: 112 yil avval ilk vertolyot parvozi amalga oshirilgan

  • 11:35 / 03.11.2019
  • 283

Bir asr avval yaratilgan uchish qurilmasini oddiy velosiped tuzatuvchi usta ixtiro qilganidan xabardormidingiz? 

Dunyodagi birinchi vertolyotning sinov parvozi 1907-yil 3-noyabr kuni Fransiyada amalga oshirilgan. To‘g‘ri, bu voqea aynan shu kuni bo‘lib o‘tgani borasida turli bahslar mavjud, lekin ular orasida shu sana eng optimali hisoblanadi. 

Похожее изображение

Qurilmaning umumiy og‘irligi 13 kg.ni tashkil qilgan. Mazkur ixtironing muallifi esa velosiped tuzatuvchi fransiyalik usta Pol Korndir. 

Ajablanarlisi, parvoz so‘ngida vertolyot bir necha bor sakrab keyin to‘xtagan. Ushbu sinov Polning to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘rsatgan, natijada u turli xil dizayn va texnik yechimlar bilan ajralib turadigan yana bir nechta vertolyot modellarini yaratgan.

Vertolyotlarning asosiy ustunligi bu – manyovrliligi: vertolyotlar vertikal, gorizontal ravishda ucha oladi, hattoki, orqaga ham uchishi mumkin. Shaklan kichikligi sabab, uni istalgan tekislikka qo‘ndirish mumkin. Bundan tashqari, vertolyotlarda tashqi tomondan yuk tashish (ya’ni bunda yuk vertolyotga osib qo‘yiladi) mumkin.
 
Vertolyotning samolyotdan afzalligi esa uning tezligidir. Ya’ni u bilan uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga yuqori tezlikda yetib borish mumkin.