Kun tarixi: 9-oktabr – Xalqaro pochta kuni 

  • 11:49 / 09.10.2019
  • 141

1874-yil 9-oktabr kuni Shveytsariyada 22 mamlakat vakillari ishtirokida Umumjahon pochta ittifoqi shartnomasi imzolangan. 

Umumjahon pochta ittifoqi yagona pochta hududida pochta aloqasini ta’minlash va takomillashtirish uchun tashkil etilgan davlatlararo tashkilot hisoblanadi. U dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini birlashtirib turadi. 

1939-yilda Bones-Ayresdagi Umumjahon pochta kongressi har yili 9-oktabrni “Umumjahon pochta kuni” sifatida nishonlashni taklif qildi. Chunki, Umumjahon pochta ittifoqi 1874-yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, sanani nishonlash borasida qaror qabul qilinmagan edi. Mana 80 yildan buyon 9-oktabr – Xalqaro pochta kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. 

190dan ortiq davlatni o‘z ichiga olgan Umumjahon pochta ittifoqi dunyodagi eng katta pochta tarmog‘idir. 1994-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Umumjahon pochta ittifoqining to‘laqonli a’zosiga aylangan. O‘zbekiston UPU (Universal Postal Union) doirasida boshqa pochta ma’muriyatlari bilan hamkorlik qiladi.

Har yili ushbu kun doirasida turli xil tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Ular orasida eng qiziqarlisi pochta markalari ko‘rgazmasidir. Bunday tadbirlarda qadimiy markalarning asl nusxalarini ham uchratish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, mazkur sanani nishonlash doirasida konferensiyalar, mahorat darslari, sport va ko‘ngilochar tadbirlari ham tashkil etiladi. 

Teglar