Kun tarixi: Bugun Wikipedia’ning “tug‘ilgan kuni” 

  • 11:40 / 15.01.2020
  • 470

Nazarimda, Wikipedia’ni bilmaydigan inson bo‘lmasa kerak. 15-yanvar butun dunyoda Wikipedia kuni sifatida bayram qilinadi. Wikipedia internetdan ma’lumot olishning bepul usuli bo‘lib, undagi ma’lumotlarni to‘ldirish, tayyorlash uchun muallif va yozuvchilarning butun bir “armiyasi” (taxminan 280 kishi atrofida) xizmat qiladi. 

Wikipedia ko‘p tarmoqli sayt
 Wikipedia internetdagi mashhur xizmat turi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi. Uning tashkilotchilari olim va akademiklar Larri Senger va Jimmi Ueyls hisoblanadi. Wikipedia’da ma’lumotlarni yangilab borish va ularning uzluksizligini ta’minlash maqsadida 2001-yil 15-yanvar kuni Ueyls va Senger Wikipedia saytini ochishga qaror qilishadi. Uning Wikipedia deb nomlanishi esa “viki” gavay tilidan tarjima qilinganda tez so‘zidan kelib chiqqan.
2001-yilning may oyida Wikipedia’ning rus, nemis, shved, fransuz, italyan, ispan, portugal, esperanto, ivrit, arab va venger tillari ishga tushirilgan va ma’lumotlar mana shu tillarda ham e’lon qilingan. Hozirda esa bir ma’lumotni 288 tillarda o‘qishingiz mumkin. 
Wikipedia’ning maqsadi neytral nuqtai nazar bo‘lib, sayt faqatgina faktlardan iborat.  

Qat’iy nazorat
Wikipedia’dagi ma’lumotni ustiga bosib, osongina ochish, o‘qish, foydalanish mumkin. Ammo Wikipedia’ga uni joylashtirish bunday osongina ish emas. Undagi ma’lumot sifatini nazorat qiluvchi qat’iy tizim mavjud. 
Muxarrirlar Wikipedia’ga ma’lumot joylashtirishdan tashqari, ularga o‘zgartirish kiritilish jarayonini, vaqtini ham nazorat qilib borishlari mumkin. Agar maqola Wikipedia’dagi ichki nizomda qabul qilingan talablarga javob bermasa, ma’lumot yana qayta ishlanishga topshirilishi yoki butunlay o‘chirib yuborilishi mumkin. Eng yaxshi maqolalar maxsus statusga ega. Muxarrirlar kengashi maqolalar sifatini oshirish bilan bog‘liq ishlarni doim nazoratda saqlashadi.

Wikipedia yolg‘iz emas!
Wikipedia “Wikipedia fondi” yordamida nazorat qilinadi va uning sakkizta qardosh loyihalari mavjud. Masalan, Vikilug‘at (orfografik lug‘at), Vikiteka (kutubxona), Vikizahira (mediafayllarni yig‘ish), Vikiqo‘llanma (qo‘llanmalarni jamlash), Vikiversitet (interaktiv ta’lim resursi), Vikiyangiliklar (yangilik olish resurslari), Vikiiboralar (turli iboralar jamlanmasi) va Vikitur (biologik turlar katalogi) kabilar loyihalar Wikipedia’ning ajralmas bo‘laklari hisobalandi. Sanab o‘tilgan barcha loyihalardan foydalanish foydalanuvchi uchun ham, muallif uchun ham erkin hisoblanadi.

Nargiza UTEPOVA tayyorladi