Kun tarixi: Bundan 215 yil avval Napoleon oʻzini Fransiya imperatori deb eʼlon qilgan. Bonapart haqidagi eng qiziqarli faktlar

  • 11:19 / 02.12.2019
  • 982

Napoleon I Bonapart haqida eshitmagan odam boʻlmasa kerak. Uning kim boʻlgani, nimalar qilgani tarix darslaridan barchamizga maʼlum. Keling, Napoleon haqidagi siz bilmagan qiziqarli faktlar bilan tanishamiz:

• Napoleon nomi mashhur shirinlikka va konyak markasiga berilgan.

• Napoleon Misrdaligida qadimgi Sfinksning nigohidan shunchalik qoʻrqqanki, unga qarab zambarak bilan otishni buyurgan. Shuning uchun ko‘pchilikka ma’lum o’sha mashhur Sfinksning burni “pachoq”.

• Postda uxlab qolgan qoʻriqchini koʻrib qolgan Napoleon uni jazolash uchun askar oʻrniga turadi. U jangovar ruh uchun jazolashdan koʻra shaxsiy namuna muhimligini taʼkidlardi.

• Napoleon shlyapalarni yoqtirgan – uning shaxsiy kolleksiyasida ikki yuzdan ortiq shlyapa bo‘lgan.

• Salomatlik borasida imperatorning omadi yurishgan – u hayoti davomida bir necha marta kasal boʻlgan, xolos.

• Keng tarqalgan afsona, aslida, notoʻgʻri: Napoleon mushuklardan qoʻrqmagan. Uning jiyani Napoleon III qoʻrqardi. Bonapart esa mushuklarni yaxshi koʻrgan.

• Napoleon yaxshigina matematik edi.

• Napoleonning boʻyi bor-yoʻgʻi 157 santimetr boʻlgan.

• Zamondoshlarining aytishicha, Napoleon juda kam uxlagan – sutkasiga oʻrtacha toʻrt soat.

• Napoleon Italiyaga tegishli Korsika orolida tugʻilgan, familiyasi di Buonaparte boʻlgan. Keyinchalik familiyasini fransuzchalashtirgan. Shuning uchun ham oʻzi avval bilmagan fransuz tilini oʻzlashtirgan.