Kun tarixi: Butunjahon parashyutchilar kuni

  • 10:11 / 26.07.2021
  • 208

Parashyutchilar – chin maʼnoda jasoratli insonlar boʻlib, ularning oʻzlarini erkin parvozda sinab koʻrishga boʻlgan qiziqishlari atrofdagilarda hayrat hissini uygʻotadi. Har yilning 26-iyul sanasida butunjahon parashyutchilar kuni nishonlanadi.

• Amerikaning jangovar filmlarida bizga koʻrsatiladigan sahnalarning barchasiga ham ishonish yaramaydi. Haqiqiy parashyutchilar yuqoridan pastga sakrash vaqtida oʻzaro suhbatlasha olmaydilar. Filmlarda esa ular hech bir muammosiz suhbatlashib tushishadi.

• Parashyut ochilishidan avval odam 3000 metrli balandlikdan atigi 1 daqiqa ichida tushib ulguradi.

• Parashyutdan sakrashni xush koʻruvchi insonlar paydo boʻlishi haqida oʻz vaqtida Leonardo da Vinchi aytib oʻtgan. U boʻlgʻusi konstruktsiyani oʻta aniqlik bilan taʼriflab bergan. Uning odamga istalgan balandlikdan sakrash va halok boʻlmaslik imkoniyatini berishi haqida soʻzlagan.

• Hisob-kitoblarga koʻra, parashyutdan sakrash ekstremal sport turlari ichidagi eng xavfsizi hisoblanadi. Parashyutdan sakrashda har 100 mingta sakrash holatida oʻrtacha 25 ta odam omadsizlikka duch keladi.

• Yaponlar har sohada oʻziga xos boʻlishni yaxshi koʻrishadi. Parashyutdan sakrash shundoq ham qoʻrqinchli mashgʻulot. Yaponlar esa uning yana-da qoʻrqinchliroq turi – “Banzay”ni oʻylab topishgan. Bunda parashyut va parashyutchi pastga alohida tushadi. Parashyutchi avval parashyutga yetib olishi, keyin esa uni ochishga ulgurishi kerak.

• Parashyutchilar orasida keksa insonlar ham bor. Shu kungacha parashyutdan sakragan eng keksa odam Jorj Moyz boʻlib, u 97 yoshga toʻlganini parashyutdan sakrab nishonlagan. Qoyilmisiz?

• Tarixdagi eng jasoratli, qoʻrqmas va dovyurak parashyutchi nomini bugungi kunga qadar Feliks Baumgartner saqlab kelmoqda. U 38 600 metr balandlikdan pastga sakragan. Shu tariqa Baumgartner 31 332 metr balandlikdan sakragan amerikalik kapitan J.Kittenjerning rekordini yangilagan.