Kun tarixi: Mikroto‘lqinli pech yaratilganiga 74 yil to‘ldi. Uning paydo bo‘lishiga bir bo‘lak shokolad sabab bo‘lganini bilasizmi?

  • 12:01 / 08.10.2019
  • 684

Bundan 74 yil avval, ya’ni 1945-yil 8-oktabr kuni Amerikalik Persi Spenser mikroto‘lqinli pech ishlab chiqarishga patent olgan.

Картинки по запросу Американец Перси Спенсер запатентовал микроволновую печь

Aslida, bu texnikani yaratish g‘oyasiga bir bo‘lak shokolad sabab bo‘lgan. Bir kuni Persi magnetron (mikroto‘lqinli elektromagnit nurlanish hosil qiluvchi elektron chiroq) yonida turganida cho‘ntagidagi bir bo‘lak shokolad erib ketadi. Ana shundan so‘ng, unda mikroto‘lqinli pech yaratish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Boshqa bir taxminlarga ko‘ra, u magnetron ustiga sendivichni qo‘yib turgan. Va uni isib qolganini ko‘rib, shu texnikani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lgan ekan. 

Xullas, qanday yaratilgan bo‘lsa ham, u bugun ko‘pchilgimizning beminnat yordamchimizga aylangan. 

Dastlabki mikroto‘lqinli pechlar harbiylar oshxonalari va yirik restoranlarga mo‘ljallangandi. Ularning balandligi 175 sm. va og‘irligi 340 kg. bo‘lgan. 1955-yildan boshlab esa ixcham xonadon pechlari ishlab chiqarila boshlandi. 

Картинки по запросу Американец Перси Спенсер запатентовал микроволновую печь

Mikroto‘lqinli pechning boshqalaridan farqi: boshqa pechlar mahsulotni faqat yuza qismiga ta’sir qiladi. Mikroto‘lqinli pechlarda esa radio to‘lqinlar mahsulotning ich-ichigacha ta’sir qiladi. Bu pishirish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.

Похожее изображение

Mazkur pechni ommaviy ishlab chiqarish 1962-yilda Yaponiyaning Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarila boshlandi. Ana shundan buyon xonadonlarda kichik mikroto‘lqinli pechlar paydo bo‘la boshlagan. 

Teglar