Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani yanada sog‘lomlashtiradi

  • 04:05 / 18.10.2018
  • 3910

Psixolog va “Iroda ish bermayapti” kitobi muallifi Benjamin Xardi Medium’dagi ustunchasida o‘qib o‘rganish miyaga qay darajada ijobiy ta'sir ko‘rsatishi, xotirani yaxshilab, odamni baxtliroq qilishi haqida yozgan.

“Ko‘k zonalar amaliyotda: Qanday qilib uzoq umr ko‘rish mumkin?” kitobida yozuvchi Den Byuttner uzoq va baxtli umr kechirish to‘g‘risida fikr bildiradi. Sirlardan biri – doim biror yangi narsa o‘rganish. Agar ta'lim olishni to‘xtatsangiz, tezda qariysiz.

Foto: Unsplash

Ta'lim olishning turli usullarini qo‘llang

Bir g‘oya yoki predmetni o‘rganish uchun ko‘p vaqt sarflash juda muhim. Biroq o‘rganishning turli usullaridan foydalanishingiz zarur.

Albatta, aynan NIMAni o‘rganayotganingiz QANDAY o‘rganayotganingizga qaraganda muhim. Agar siz faqat kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz, miyangizning muayyan qismi “qotib qoladi”, shu sabab tezroq qariysiz.

Hammamizda o‘rganishning o‘ziga xos usullari bor. Murakkab vaziyatlarda yordamchi usullardan foydalanamiz. Biroq biz inkor etadigan va “qochadigan”lari ham bor.

Ularga:

  • Tasavvur: g‘oyalarni o‘ylab topish;
  • Aks ettirish: o‘ylab topgan g‘oyalaringizni o‘rganish;
  • Tahlil: o‘rganganlaringizni sintez qilish, g‘oyalarni endilikda qanday qo‘llash borasida strategik rejalar tuzish;
  • Harakat: maqsadga erishishda yordam beradigan harakatlar;
  • Sinov: muammoni turli rakursdan o‘rganish;

Ta'lim olishning ko‘plab usullariga murojaat eting, ana o‘shanda miyangiz tezroq va yaxshi ishlaydi.

Har kuni 15-30 daqiqani biror yangi narsani o‘rganish uchun ajrating

Bolaligimizda ko‘plab turli narsalarni qo‘llab ko‘rganmiz. Miyangiz rivojlangan. Afsuski, vaqt o‘tishi bilan odamlar yangi mashg‘ulotlar bilan tajriba o‘tkazishni to‘xtatadilar. Bu noto‘g‘ri. Har kuni biror yangi narsani o‘rganing. Masalan:

Foto: Unsplash

Tillar

Bu miya uchun a'lo darajadagi mashq. Faqat tilni bir uslubga asoslangan holda o‘rganish ma'qul emas. Buni amalga oshirish bo‘yicha bir necha maslahatlar bor:

  • Kartochkalar;
  • Filmlarni asl holida tomosha qilish;
  • Xorijliklar bilan muloqotda bo‘lish;
  • Xorijiy tilda musiqa tinglash;
  • Kitoblarni asl holida mutolaa qilish;
  • Xorij madaniyatini o‘rganish.

Amaliyotda qancha ko‘p uslubni qo‘llasangiz, shuncha yaxshi. Bundan tashqari, kuniga faol o‘rganish uchun sarflangan 15-30 daqiqa ongingizni kengaytiradi.

Foto: Unsplash

Musiqa asboblari

Bu ham miya uchun foydali. O‘rganish jarayonini o‘yinga aylantiring. Masalan, siz vazifalar va maqsadlarni bajarishingiz lozim. Oldingizga kichik maqsadlar belgilang. Telefondagi ilova yordamida fortepianoda chalishni o‘rganish. Bu qiziq. Bundan tashqari, qanchalik chuqur o‘rganishingiz mumkinligi oldindan ma'lum emas.

Yangi narsalarni o‘rganganingizda miyangiz qanday o‘zgaradi?

Birinchidan, o‘rganish xotirani yaxshilaydi. Ishqibozlar hatto fotografik xotirani ham yaxshilashlari mumkin. Bu haqiqat.

Ikkinchidan, kichik g‘alabalarga erishgach, o‘zingizga bo‘lgan ishonch hissi ortadi.

Uchinchidan, bir predmetni o‘rganish hayotingizning boshqa sohalaridagi ijodiy natijalarga sabab bo‘ladi. O‘rganishning umuman yangi usuli yordamida biror predmetni o‘zlashtirish orqali miya hozirgi mashg‘ulotlar uchun g‘aroyib aloqalarni ishlab chiqaradi. Bu “qo‘shimcha o‘rganish” deb ataladi.

Bu eng samarali instrument bo‘lsa kerak. Aynan shu usul bilan Albert Eynshteyn, Bitlz va eng yaxshi innovatorlar hamda rassomlar ilm va ijodda katta natijalarga erishishgan. Masalan, Albert Eynshteyn vaqt nisbiyligini anglaganida patent idorasida ishlardi. Bitlz xorij musiqasini o‘rganib, keyinchalik rok-n-rol otasi va afsonasiga aylandi. Dunyoning yetuk oshpazlaridan biri Grant Akats o‘zining asosiy ishi uchun ilhom topish maqsadida mavhum san'atni o‘rgandi.

Natijalarni qanday maksimallashtirish mumkin?

  • Har kuni biror yangi narsa o‘rganing (musiqa asbobida chalish, til, kulinariya, sayohat).
  • Buni zavq olish uchun bajarayotganingizga qaramay, oldingizga maqsad qo‘ying.
  • O‘rganish jarayonini o‘yinga aylantiring. Masalan, do‘stlar bilan musobaqalarni tashkillashtirishingiz mumkin.
  • Bu ishga haftasiga besh marta 15-30 daqiqadan vaqt ajrating.
  • Bir yoki ikki haftada bir marta to‘liq o‘zlashtirish va diqqat uchun uch soatlik sessiya o‘tkazing.
  • Bunday sessiyalar paytida har besh daqiqada fitnes-tanaffus qiling. Masalan, uy atrofida aylaning yoki 50 ta tortilish mashqini bajaring.
  • Ko‘p suv iching.
  • Yoningizda bloknot olib yuring va barcha kreativ g‘oyalarni yozib yuring. Ular asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligining farqi yo‘q.
  • Yangi ko‘nikmalar kelajakda qanday yordam berishini o‘ylang. Ijodkor bo‘ling. Masalan, muallif fortepianoda chalishni o‘rganmoqchi. Maqsad – fotografik xotirani rivojlantirib, ijodiy tafakkurni kuchaytirish. Musiqa unga murakkab muammolarni bartaraf etish va tuyg‘ularni bayon etishda yordam beradi. U bu mashg‘ulot miya va ijodkorlik uchun foydali bo‘ladi deb hisoblaydi.

Boshqacha qilib aytganda, biror narsani nima uchun bajarayotganingizni tushunishingiz kerak. Biroq o‘z oldingizga maqsad qo‘yib, ularga erishishingiz lozim.

Foto: Unsplash

Natija

Yangi narsalarni o‘rganish orqali o‘zgarasiz. Agar yangi mashg‘ulotlar uchun kuniga 15-30 daqiqa vaqt ajratsangiz, ularga to‘liq diqqatni qaratib, miyaning turli sohalarini faollashtirsangiz, yosharasiz va sog‘lom bo‘lasiz.

Bundan tashqari, yuqori natijalarga erishgan sohalaringizda bilimlaringizni mukammallashtirasiz. O‘zingiz va dunyoga boshqa nazar bilan boqasiz.

Atrofdagilarga ta'siri

O‘zgarganingizda sizning psixologiyangiz, biologiya, atrofdagi muhit va yaqinlaringiz ham o‘zgaradi. Odamlar bilan o‘zgacha muloqot qilishni boshlaysiz. Oilangiz va do‘stlaringizni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rasiz. Ularni qadrlab, boshqacha nazar solasiz.

Tasavvuringiz kengayadi, tafakkurning chegaralangan modellaridan xalos bo‘lasiz.